4 mlrd so‘mga 16 ta Tracker – Sirdaryo viloyat hokimi o‘rinbosarlari va mahalliy hokimlarga yangi xizmat mashinasi olib beriladi
Sirdaryo viloyatida mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan viloyat hokimi o‘rinbosarlari hamda tuman va shahar hokimlari uchun16 ta Tracker xarid qilishga 4 mlrd so‘m ajratildi. Bu haqda mahalliy kengash qarori qabul qilingan. Ammo viloyat hokimi o‘rinbosarlarida ham, ayrim tuman va shahar hokimlarida ham yangi xizmat mashinasiga muhtojlik yo‘q.
E-qaror platformasida xalq deputatlari Sirdaryo viloyati kengashining VI-52-98-9-0-K/23 raqamli qarori e’lon qilindi. Hujjat bilan ayrim “xarajatlarga” viloyat mahalliy budjetining 2023 yilda shakllangan qo‘shimcha manbalari hisobidan 7,6 mlrd so‘m mablag‘ ajratish nazar tutilgan.
Qaror ilovasida ajratilgan mablag‘ nimaga yo‘naltirilishi keltirib o‘tilgan. Jumladan, viloyat hokimining o‘rinbosarlari hamda tuman va shahar hokimlariga 16 ta Tracker avtomobilini xarid qilish uchun 4 mlrd so‘m ajratilgan.
Sirdaryo viloyati hokimining 8 nafar o‘rinbosari bor. Ammo ayni paytda ularning ixtiyorida ishlab chiqarilganiga 6 yildan oshmagan xizmat mashinalari mavjud.
Jumladan, viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Raximjon Boboyev 2019 yilda ishlab chiqarilgan Malibu mashinasidan foydalanadi. Viloyat hokimining o‘rinbosarlari – Dilmurod Abdurahmonovda 2022 yilda ishlab chiqarilgan Hyundai Santa Fe, Erkin Mo‘minovda 2018 yilda ishlab chiqarilgan Lacetti, Vohid Ibodullayevda 2022 yilda ishlab chiqarilgan Hyundai Tucson, Bahodir Botirovda 2019 yilda ishlab chiqarilgan Malibu, Shoxruh Isoqulovda 2020 yilda ishlab chiqarilgan UAZ 3163485 xizmat mashinasi bor. Viloyat hokimining bugun ishdan olingan o‘rinbosari Shavkat Zayniddinov 2017 yilda ishlab chiqarilgan Captiva mashinasidan foydalanib kelgan.
Tuman va shahar hokimlarining ham barchasini yangi Tracker’ga muhtoj deb bo‘lmaydi. Sababi, Shirin va Yangiyer shaharlari hamda Oqoltin va Mirzobod tumanlari hokimlari 2019-2020 yillarda ishlab chiqarilgan Lacetti mashinalaridan foydalanishadi. Sardoba va Guliston tumanlari hokimlarida esa 2019 yilda ishlab chiqarilgan Chevrolet Niva bor.
Ochiq manbalarga ko‘ra, Sirdaryo viloyati hokimligi hamda barcha tuman va shahar hokimliklari tasarrufida jami bo‘lib 107 ta mashina bor. Ularning eng eskisi 1996 yilda ishlab chiqarilgan Mersedes-Bens mashinasi hisoblanadi. 27 “yoshli” ushbu mashinadan Xovos tumani hokimi foydalanadi.
Tavsiya etamiz
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
3 ga 90. Isroil va Hamas o‘rtasidagi sulh qanday kechmoqda?
Jahon | 20:11 / 20.01.2025
Xalqaro tanlovda g‘olib bo‘lgan prezident maktabi o‘quvchilariga BYD sovg‘a qilindi
O‘zbekiston | 19:59 / 20.01.2025
“Eng xavfsiz parvoz tanlanadi” - Uzbekistan Airways osmondagi favqulodda holatlarga tayyormi?
O‘zbekiston | 17:03 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp inauguratsiya marosimida: «AQSh hukumati faqat ikki jinsni tan oladi»
Jahon | 03:50
-
The Guardian: Xalqaro jinoiy sud «eng yomon ssenariyga» tayyorlanmoqda
Jahon | 00:50
-
Latviyada Rossiya fuqarolarining ayrim sohalarda faoliyat yuritishi taqiqlanadi
Jahon | 00:18
-
Eron prezidenti Kremlda muzokaralarga kech qolgan Putinni kutishdan bosh tortgan
Jahon | 23:42 / 20.01.2025
Mavzuga oid
15:28 / 16.01.2025
Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev lavozimidan ozod etildi
07:33 / 27.12.2024
O‘rikzor bozori yonidagi ko‘prik ustida Tracker beton simyog‘ochga urildi
12:37 / 05.11.2024
Sirdaryoda buvi va nevara qariyb 7 kg tilla taqinchoqni chegaradan yashirincha olib kirishga urindi
11:36 / 04.11.2024