Özbekistondagi barça xalqaro aeroportlar va temiryöl vokzallarida ibodat amallarini bajarişga moslaştirilgan xonalar paydo böladi. Bu prezidentning “Özbekiston Respublikasida turizmni tezkor rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi farmonida öz aksini topgan.
Davlat rahbari ibodat amallarini bajariş va tahoratxonalar uçun joylarni 2019 yilning 1 iyuniga qadar jihozlaş topşiriğini bergan.
Musulmonlar uçun sutka böyi işlaydigan namozxona 2017 yilning noyabridan buyon Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportida faoliyat körsatib kelmoqda.
Bugungi kunda 16 ta turli diniy konfessiyalarga daxldor 2200 dan ortiq diniy taşkilotlar faoliyat körsatib kelmoqda. Aholining 95 foizga yaqini islom diniga e'tiqod qiladi.












