2019 yil 7 yanvar kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi bölib ötdi. Unda Hukumat a'zolari, qator vazirlik, idoralar, davlat taşkilotlari va jamoat birlaşmalari vakillari bilan bir qatorda, xalq deputatlari Toşkent şahri va poytaxt tumanlari Kengaşlari deputatlari ham qatnaşdi.

Majlisda deputatlar «Jazoni ijro etiş muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi şaxslar ustidan ma'muriy nazorat töğrisida»gi qonun loyihasini körib çiqişdi.

Qayd etilganidek, Özbekiston Respublikasining jinoyat qonunçiligi hujjatlariga muvofiq, amaliyotda ayrim toifadagi şaxslar, xususan, xorijiy mamlakatlarda bölgan davr mobaynida oğir va öta oğir jinoyatlarni sodir etgan şaxslar ustidan ma'muriy nazorat örnatiladi. Şu nuqtai nazardan, Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1992 yildagi amaldagi qonunning yangi tahriri tariqasida kiritilgan uşbu loyiha retsidiv va boşqa jinoyatlarning oldini olişda samarali vosita bölgan ma'muriy nazorat institutini yanada takomillaştirişga qaratilgan. 

Deputatlarning ta'kidlaşiça, ozodlikdan mahrum etiş joylaridan çiqqandan keyin ma'muriy nazoratga olingan şaxslar tomonidan jinoyatlar sodir etilişining oldini oliş, mahkumni tuzatiş va huquqbuzarliklar profilaktikasini kuçaytirişga xizmat qiladigan mazkur qonun loyihasi bir paytning özida içki işlar organlarining uşbu yönalişdagi faoliyati samaradorligini oşirişga ham yordam beradi.

Loyiha norma ijodkorligi talablaridan kelib çiqib, mas'ul qömita tomonidan jiddiy işlandi va yangi, tugal qonun şakliga keltirildi. Unga köra, 21 ta modda qayta işlab çiqildi va 6 ta yangi modda kiritildi. Qonundagi havolaki normalar çiqarib taşlandi. Nazoratni örnatiş, amalga oşiriş, nazoratni tugatişni özida ifoda etgan normalarga aniqlik kiritildi. Ma'muriy nazorat örnatiladigan şaxslar toifasi qisqartirildi, bunday şaxslarga belgilanadigan çeklovlarga aniqlik kiritilib, ularning soni kamaytirildi. Ma'muriy nazoratni muddatidan oldin olib taşlaşni belgilovçi normalar bilan boyitildi. Ana şunday jiddiy özgarişlardan söng loyiha töğridan-töğri işlaydigan qonunga aylandi. Muhokamalar, tortişuvlardan söng qonun loyihasi qabul qilindi.