Los-Anjyelesda 6 yanvarda Gollivudda akrreditatsiyadan ötgan xorijiy jurnalistlar uyuşmasining har yilgi an'anaviy “Oltin globus” mukofoti taqdimoti bölib ötdi. 

“Bogem rapsodiyasi” filmi “Eng yaxşi drama” yönalişida “Oltin globus” bilan taqdirlandi. Rejissyor Brayan Singerning biografik filmi Queen britan guruhiga bağişlangan bölib, unda rok-guruhning muvaffaqiyatga erişişda bosgan yöli, uning tarqalib ketişi va Live Aid konserti arafasida birlaşişi haqida sözlangan.

Guruh yetakçisi Freddi Merkyuri rolini öynagan Rami Malek esa “eng yaxşi dramatik aktyor” yönalişida mukofotlandi.

Film 2018 yilning 28 oktyabrida dunyo prokatiga çiqqan. Xorijiy kinotanqidçilar Malekning ijrosidan zavqlanib, uning “Oskar” mukofotini olişi mumkinligini aytişmoqda.  

“Eng yaxşi dramatik aktrisa” yönalişida “Rafiqa” filmidagi roli uçun Glenn Klouz mukofotlandi.

“Örgimçak-odam: Koinotlararo” filmi “eng yaxşi animatsion film” yönalişida “Oltin globus” oldi.

KGBning AQŞdagi agentlari haqidagi “Amerikaliklar” seriali “eng yaxşi dramatik serial” yönalişida ğolib böldi.

Kristian Beyl “Hokimiyat” filmidagi roli uçun “komediya/myuzikldagi eng yaxşi aktyor” yönalişi böyiça mukofotlandi. 

“Komediya/myuzikldagi eng yaxşi aktrisa” yönalişida esa “Mahbuba” filmidagi qiroliça Yelizaveta II roli uçun Oliviya Kolman “Oltin globus” bilan mukofotlandi.

Meksikalik rejissyor Alfonso Kuaronning “Rim” filmi “xorijiy tildagi eng yaxşi film” yönalişida mukofotni qölga kiritdi. Kuaronning özi esa “eng yaxşi rejissyor” deb topildi.