Bu yil smartfon işlab çiqaruvçilar barçani hayratga solişga va'da berişgan. Android kompaniyalar iPhone X ‘dan nusxa köçirişni töxtatib, yangi dizaynerlik işlanmalariga e'tibor qaratmoqda.

Samsung Galaxy S10

Koreya kompaniyasi diagonali katta, ekranga barmoq izi skaneri joylaşgan va uçta asosiy kameraga ega smartfon taqdim etmoqçi. Bu Galaxy S10 böladi. Şuningdek, S10 va S10+ bilan birga ikki kamerali S10 Lite ham sotuvga çiqariladi.  

Huawei P30 Pro

Kompaniya öz e'tiborini asosan kamera imkoniyatlariga qaratmoqda. Ma'lumotlarga köra, P30 uçta kamera, P30 Pro esa törtta kamerali böladi.  

Smartfonga Kirin 985 protsessori örnatiladi, tezkor xotirasi esa rekord – 12 GB böladi. U 5G aloqasini qöllab-quvvatlaşi taxmin qilinmoqda. 

Nokia 9 PureView

Kompaniya uşbu smartfon taqdimotini ötgan yili ikki marta ortga surdi. Taqdimotga oz qoldi çamasi - smartfon Bluetooth Special Interest Group sertifikatini oldi.  

Smartfonning yutuği – beşta modulli kamerada. Sensorlar yuqori sifatli Carl Zeiss optikasiga ega böladi.

Yangi smartfon diagonali 5,99 dyuymli OLED-ekran bilan jihozlanişi kutilmoqda, akkumulyator siğimi 4150 mAs böladi. U Android Pie operatsion tizimi ostida işlaydi. 

Buklama smartfonlar

Bu yil Samsung, Huawei va LG displeyi buklanadigan smartfonlarni taqdim etadi. Kompaniyalarning fikriça, ular bir vaqtning özida smartfon, planşet va noutbuk örnini bosa oladi.  

Honor View 20