Apple kompaniyasi birinçi çorakda yangi modeldagi iPhone smartfonlari işlab çiqarişni 10% foizga kamaytiradi, deb xabar berdi Nikkei Asian Review gazetasi.
Gazeta manbalarining sözlariga köra, Apple ötgan oy oxirida öz yetkazib beruvçilaridan yanvardan martgaça rejalaştirilganidan köra kamrok iPhone işlab çiqarişni söragan. Amerika kompaniyasi ikki oy içida ikkinçi marta işlab çiqarişni qisqartirmoqda. Bunda iPhone XS Max, XS va XR közda tutilmoqda.
Ötgan haftada kompaniya aksiyalari qiymati 10%ga pasaygandi. Korporatsiya rahbari Tim Kuk investorlarga yozgan oçiq xatida iPhone sotiş hajmi pasayganini, bunga AQŞ va Xitoy örtasidagi savdo uruşi sabab bölganini ma'lum qilgandi.












