Departamentning Samarqand viloyat boşqarmasi hamda Urgut tuman bölimi xodimlari tomonidan tezkor tadbir ötkazildi, deb xabar bermoqda Boş prokuratura matbuot xizmati.

Unda fuqarolar O. va U. har bir AQŞ dollarini 8400 sömdan hisoblab, 10300 AQŞ dollarini 86,5 mln. sömga noqonuniy ravişda sotgan vaqtda uşlanganlar. Ulardan 10841 AQŞ dollari va 2,5 mln. söm aşyoviy dalillar sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan fuqarolar O. va U.larga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

Şuningdek, Departamentning Farğona viloyat boşqarmasi hamda Qöqon şahar bölimi xodimlari tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan. 

Unda fuqaro K. har bir AQŞ dollarini 8420 sömdan hisoblab, 7500 AQŞ dollarini 63,1 mln. sömga noqonuniy ravişda sotgan vaqtda uşlangan. Undan 7500 AQŞ dollari aşyoviy dalillar sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro K.ga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.