Fransiya HHKga qaraşli Mirage 2000D qiruvçi samolyoti mamlakat şarqida radarlar ekranidan ğoyib böldi, deb xabar berdi France Info radiostansiyasi.
Bortida ikki kişi bölgan samolyot Nansi-Oşdagi aviabazadan tuş paytiga yaqin havoga kötarilgan. Qiruvçi samolyot Yura toğli maskani ustidan uçib ötayotganida u bilan aloqa yöqolgan.
Departament prefekturasi yöqolgan samolyotni qidirib topiş böyiça operatsiya boşladi.
Dassault Mirage 2000 – Fransiyaning 1970-yillarda işlab çiqarilgan qiruvçi samolyoti.1990-yillarda 2000D samolyoti modifikatsiya qilingan bölib, jami 86ta 2000D samolyoti işlab çiqarilgan.












