Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
GM Uzbekistan 2018 yilda avtomobillar tannarxini 10-16 foizga pasaytirdi
Foto: GM Uzbekistan
GM Uzbekistan 2018 yilda ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning har bir modeli tannarxini o‘rtacha 10-16%ga pasaytirdi. Bu haqda «O‘zavtosanoat» saytida xabar berilgan.
Qayd etilishicha, 2018 yilning 29 dekabr kuni “GM Uzbekistan” aksiyadorlik jamiyatining Asakadagi zavodi 220 minginchi avtomobilni ishlab chiqardi. Kompaniya tarixida ilk bor 2018 yilning dekabr oyida rekord qayd etildi – 34117 dona avtomobil ishlab chiqarildi, bu kuniga mingdan ortiq avtomobil degani.
Kompaniya tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning har bir modeli tannarxi o‘rtacha 10-16% pasaytirildi, import xarajatlari esa 73 million AQSh dollargacha qisqardi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «O‘zavtosanoat» 32 ta dilerlik korxonasidagi o‘z ulushini sotishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
11:21 / 23.05.2025
4 oyda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil ma’lum qilindi
14:57 / 01.05.2025
Germaniya avtomobil ishlab chiqaruvchilari Trampning tariflari tufayli yo‘qotishlarga duch kelmoqda
12:54 / 05.10.2024
Hindistonlik erkak noodatiy avtomobillar kolleksiyasi bilan Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi
17:58 / 01.09.2023