Osiyo Kubogining F guruhidan örin olgan Özbekiston terma jamoasi birinçi turda Ummon terma jamoasiga qarşi öynadi.

Qiyin keçgan uçraşuv özbekistonliklarning 2:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi. Öyinning birinçi bölimida terma jamoa sardori Odil Ahmedov jarima zarbasidan hisobni oçgandi.

Hujumda faolroq harakat qilgan ummonliklar 72-daqiqada hisobni tenglaştirişdi, zaxiradan öyinga qöşilgan Muhsin Al-Hassaniy qarşi hujumda gol urdi.

Lekin Ektor Kuperning öz vaqtida amalga oşirgan futbolçi almaştirişlari samara berdi, ötkazilgan goldan keyin maydonga tuşirilgan Ikrom Aliboyev va Eldor Şomurodov kombinatsiyasi gol bilan yakunlandi - 2:1.

Ikkinçi bölimga qöşib berilgan daqiqalarda Yegor Krimets sönggi umid foli uçun maydondan çetlatildi. Qolgan vaqt davomida özbekistonliklar ğalabani saqlab qolişdi.

Bu natijadan keyin Özbekiston terma jamoasi ilk 3 oçkoni olib, guruhdan çiqiş imkoniyatlarini yaxşiladi. Guruhdagi ikkinçi uçraşuvda Turkmanistonni mağlub etgan (3:2) Yaponiyada ham 3 oçko bor.

Özbekiston guruh bosqiçidagi ikkinçi öyinni 13 yanvar kuni Turkmanistonga qarşi ötkazadi. Guruhdagi sönggi bahs esa 17 yanvar kuni Yaponiya terma jamoasiga qarşi bölib ötadi.

Osiyo Kubogi
Özbekiston – Ummon 2:1
Gollar: Odil Ahmedov (34), Şomurodov (85) – Muhsin (72)
Özbekiston: Ignatiy Nesterov, Akmal Şorahmedov, Anzur Ismailov, Sardor Raşidov (Doston Hamdamov, 59), Odil Ahmedov, Jaloliddin Maşaripov (Ikromjon Aliboyev, 79), Oleg Zoteyev, Yegor Krimets, Otabek Şukurov, Javohir Sidiqov,  Marat Bikmayev (Eldor Şomurodov, 83).
Ummon: Ammar Ar-Ruşaydiy, Xolid Al-Barakiy, Saad Al-Muhayniy, Muhammad Al-Musallamiy, Jamil Al-Yahmadiy (Saloh al-Yahyoiy, 86), Harib Al Sa'diy, Ali Al-Busaydiy, Muhsin Al-Holdiy (Muhammad Al Hassaniy, 86), Ahmad Al-Mahajriy, Xolid Al-Hajriy (Muhsin al-Hassaniy, 67), Roid Ibrohim Solih.
Ogohlantirişlar: Jaloliddin Maşaripov (29), Ignatiy Nesterov (58)
Qizil kartoçka: Yegor Krimets (90+2).