The New York Times naşri 2019 yilda sayohat qiliş kerak bölgan yönalişlar röyxatiga Özbekistonni ham qöşdi, bunda vizasiz rejim va Buyuk Ipak yöli böylab çegaralarning oçilgani alohida ustunlik sifatida qayd etildi.
"Qaçonlardir Buyuk Ipak yöli böylab sayohat qilişni istagan bölsangiz, hozir buning ayni vaqti. Uşbu tarixiy yölning eng diqqatga sazovor hududlarini öz içiga olgan Özbekistonda qator islohotlar kuzatilmoqda", - deyiladi manbada.
Şu örinda rasmiy valuta ayirboşlaş tizimining takomillaşgani, aviaçiptalarni band qiliş va viza uçun onlayn ariza beriş imkoniyatlari Özbekistondagi eng yaxşi islohotlar sifatida e'tirof etilgan.
Bundan taşqari, Amerika va 100 dan ortiq boşqa davlatlar fuqarolari uçun 30 kun muddatga amal qiluvçi vizasiz rejim alohida qayd qilingan.
"Özbekiston va Qozoğiston sayyohlar uçun yagona viza ustida işlamoqda. Mintaqaviy va havo taşuvlari ham yaxşilandi. Şu bilan birga, qöşni mamlakatlar bilan çegaralar oçildi, Markaziy Osiyo davlatlari poytaxtlari örtasidagi parvozlar qayta tiklandi hamda Toşkent va Nyu-York şaharlari örtasidagi reyslar soni oşirildi", - deb yozadi The New York Times.
Bundan taşqari, naşrda Toşkentda nisbatan yangi Hyatt Regency mehmonxonasi safiga qator boşqa xalqaro mehmonxonalar tarmoqlari oçilişi rejalaştirilayotgani, ilk toğ-çanği kurorti va yangi turistik zonalar faoliyati yölga qöyilişi kutilayotgani qöşimça qilingan.
The New York Times'ning "2019 yilda sayohat qiliş uçun tavsiya etilgan yönalişlar röyxati"dan şuningdek Panama, Tunis, Santa-Barbara (AQŞ), Las-Vegas (AQŞ), Salvador (Braziliya), Nyu-York (AQŞ), Doha (Qatar), Batumi (Gruziya) kabi 52 yönaliş örin olgan.
Bundan avval jahonning yetakçi naşrlarida Özbekistonda turizm sohasida olib borilayotgan işlar, vizasiz rejim va elektron viza tizimlari kabi yengilliklar haqida maqolalar çop etilgani haqida xabar berildi.













