Özbekiston – Ummon uçraşuvidan keyingi matbuot anjumanining birinçi qismi Ummon terma jamoasi boş murabbiyi Pim Verbeyek iştirokida ötdi.
«Juda yaxşi öynadik, deb hisoblayman. Raqib darvozaboni mahorat körsatdi. Vaziyatlardan foydalana olmaganimiz oxir-oqibat hisobda öz aksini topdi. Özbekiston jarima zarbasidan hisobni oçdi. Birinçi öyinni bunday yaxşi saviyada ötganimiz muhim ahamiyatga ega. Umuman olganda, jamoamning öyinidan töla könglim töldi, ammo natijadan mutlaqo qoniqmadim.
Bugun oçko olişga munosib edik. Pley-offga çiqiş uçun kamida 4 oçko oliş kerak. Kelgusi öyinimiz Yaponiyaga qarşi, bu jamoa katta ehtimol bilan Osiyoning eng yaxşi termasidir. Turkmanistonni ham örganganmiz – ular ham kuçli. Ammo biz Yaponiyaga qarşi öyinda ham ğalaba qozonişga harakat qilamiz.
Biz raqib jarima maydoni atrofida juda yaxşi öynadik, buni hamma kördi. Öyinçilarga aytdim: aynan yakuniy töp uzatişning muvaffaqiyatli bölişi köp narsani hal qiladi. Öz vaqtida, aniq va qulay tarzda uzatilgan paslar bizga yetişmadi, şu boisdan ham ustunlikka erişa turib, mağlubiyatga uçradik. Yaponiya bilan öyingaça 3 kun bor, bu kamçiliklar ustida işlaymiz.
Özbekiston 1:0 hisobida yutayotgan paytida himoyaga asosiy e'tibor berişga ötganini tuşunaman. Özbekiston katta fidoiylik bilan öynadi, markaziy himoyaçisi qizil kartoçka oldi. Men futbolçilarga «Nega endi biz ham şunday öyin körsatmaymiz?» dedim. Ummon kabi terma jamoalar şunday öyinlardan tajriba töplaşi kerak. Ha, Yaqin Şarq mamlakatlari içida biz yaxşi jamoamiz, ammo bu – Osiyo Kubogi.
Bor-yöği, qandaydir 5 soniya öyin masalasini hal qildi. Jamoamizning saviyasi yuqori ekaniga işonçim komil. Hali 6 oçko işlaşimiz ham mumkin.
Birinçi öyindan kelib çiqib, qolaversa raqib Yaponiya ekanini hisobga olib, özgarişlarga qöl urişimiz mumkin. Tarkibimizda barça töla soğlom. Yaponiya terma jamoasi haqida yetarli ma'lumotga egaman. Turkmaniston ularga ikkita gol urib, ojiz nuqtalarini topa oldi. Yaponiyaga qarşi öyinda ham bugungidek sifatli öyin körsatamiz, deb umid qilaman. Ehtimol, futbolçilarni almaştirmasdan, uslubga biroz özgarişga qöl urarmiz. Çunki Yaponiya ança hujumkor öyin körsatadi», – degan niderland mutaxassisining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ummon terma jamoasi 2-turni 13 yanvar kuni Abu-Dabida Yaponiyaga qarşi ötkazadi.












