Apple’ning AirPods quloqçinlaridan foydalanuvçilar uning antiqa funksiyasini aniqlaşdi. Bu funksiya evaziga özga odamlarning suhbatlarini eşitiş mumkin.  

Quloqçin egalarining aniqlaşiça, eşitişida muammoga ega bölganlarga möljallangan uşbu yangi funksiya yordamida özga odamlar nima haqida sözlaşayotganini tinglaş mumkin. Buning uçun qurilmani boşqariş punkti sozlamalariga quloq suratiga ega ikonkani qöşiş lozim. Bu ikonka bosilganda qurilma mikrofonlarga keluvçi tovuşning ovozini balandlatadi. Buning evaziga ança olisda turgan odamlarning gapi va şivirlaşini eşitiş mumkin böladi.

Uşbu funksiyaning paydo bölgani haqida 2018 yil yozida ma'lum bölgan. Uni faollaştiriş uçun iPhone’dagi operatsion tizimni iOS 12 versiyagaça yangilaş kerak.