Apple kompaniyasi AirPods quloqçinlariga suhbatlaşayotgan odamning sözlarini real vaqtda boşqa tilga tarjima qiliş imkonini beradigan funksiyani qöşadi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.

Agentlik jurnalisti Mark Gurmanning manbasiga köra, uşbu funksiya 2025 yilda AirPods dasturiy ta’minoti yangilanişi doirasida taqdim etiladi. U iPhoneʼlar uçun möljallangan operatsion tizimning yangilangan versiyasi — iOS 19 bilan boğliq böladi.

Qayd etilişiça, yangi funksiya AirPods foydalanuvçilariga «Yulduzlar yöli» serialidagi kabi imkoniyatni taqdim etadi: ingliz tilida gaplaşayotgan odam ispança nutqni eşitsa, iPhone uni tarjima qiladi va foydalanuvçining quloqçinlariga ingliz tilida uzatadi. Şu bilan birga, ingliz tilida gapirayotgan inson sözlari ispan tiliga ögiriladi.

Apple mazkur yangilikka izoh berişdan boş tortdi.

Bloomberğning ta’kidlaşiça, AirPods’ning yangi funksiyasi — Apple dasturiy ta’minotining 2025 yilga rejalaştirilgan keng kölamli modernizatsiyasining bir qismidir. Avvalroq agentlik Apple iPhone, iPad va Mac interfeysini özgartirmoqçi ekani töğrisida xabar bergandi.

Apple’ga raqobatçi kompaniyalar allaqaçon tarjima funksiyasiga ega quloqçinlarni çiqarişni boşlagan, masalan, Google Pixel Buds quloqçinlarida şu kabi imkoniyat mavjud.