2018 yil 12 dekabr kungi Özbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4061-sonli «Yoşlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalaş hamda çaqiriluvçilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar böyiça tayyorlaş tartibini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qaroriga asosan mamlakatimizda paraşyut sportini rivojlantiriş, aholi, ayniqsa yoşlar örtasida ommalaştiriş, fuqarolarning mazkur sport turiga bölgan qiziqişlarini şakllantiriş maqsadida Farğona viloyati, Rişton tumani öquv sport texnika klubida paraşyut sporti tögaragi taşkil etilib, aholi va yoşlar uçun tantanali ravişda taqdim etildi.

Tantanali oçiliş marosimida Farğona viloyat «Vatanparvar» taşkiloti raisi Mahmudjon Mirzayev, Rişton tumani hokimligi vakillari, harbiy qism askarlari, tumanlardagi öquv sport texnika klublari tögaraklarida şuğullanuvçi yoşlar, umumta'lim maktabi hamda kasb-hunar kolleji öquvçilari iştirok etdilar.

Tadbirda harbiy qismdan taşrif buyurgan xizmatçilar yoşlarga paraşyut sporti haqida ilk tuşunçalar, uning turlari, asosiy paraşyut, zaxira paraşyuti, sport paraşyutlari va ularning texnik körsatkiçlari bilan yaqindan taniştirib, yoşlarni qiziqtirgan savollariga javob berişdi.

Mazkur tögarakda yoşlarni paraşyut sporti bilan şuğullanişlari uçun amaliy maşğulotlar sport maydonçasi, alohida sinf xonasi va  barça şaroitlar taşkil qilingan.

Şu kuni «Vatanparvar» taşkiloti Farğona viloyat Kengaşi tizimidagi öquv muassasalar sport tögaraklarida şuğullanayotgan öğil-qizlar örtasida «Havo qurolidan öq otiş» sport turi böyiça viloyat kubogi musobaqasi ham taşkil qilindi.