AQŞning IBM kompaniyasi ma'lumotlarni qayta işlaş uçun kvant mexanikasi hodisalaridan foydalanuvçi yangi superkompyuteri – Q System One’ni taqdim qildi.  

Yangi kompyuter yaqin ikki yil içida oddiy kompyuter örnini egallaşi dargumon, çunki qalinligi bir santimetrdan köproq bölgan borosilikat oynadan bajarilgan va 2,7 metrga 2,7 metr ölçamga ega. Unda kubitlar (ma'lumotni saqlaş uçun möljallangan eng kiçik elementlar) elektr magnit nurlaniş va harorat özgarişiga uçraydi va buning evaziga hisoblaş bajariladi.  

Yangi qurilmaning texnik imkoniyatlari mutaxassislarni hayratlantirişi aniq. U 20 kubitlik tizimga ega böla turib, 90-mikrosoniyalik “kogerentlik”ka ega kubitlarni işlab çiqarişi mumkin, bu esa unga bir vaqtda “miyada” 50 mlrdta turli kattaliklarni saqlaşga imkon beradi. 

Ta'kidlanişiça, kompyuter tijoriy qöllaş va “kelajakda ayni vaqtda juda murakkab hisoblangan muammolarni”, misol uçun, moliyaviy ma'lumotlarni tahlil qiliş, investorlar uçun xatar omillarini aniqlaş, yetkazib beriş tizimlarini optimallaştiriş va boşqa köplab masalalarni yeçişga möljallangan.

Ayni vaqtda kompyuterni sotib olişning imkoni yöq, çunki uni işlab çiqiş va takomillaştiriş böyiça işlar hali yakunlanmagan, havo haroratiga talabçanligi esa ularni qöllaşni muammoli qiladi. Biroq kompaniyada ta'kidlanişiça, bunday tizimlarni tez orada ijaraga oliş va internet orqali qöllaş mumkin böladi.