Samarqand viloyatining tumanlarida ham ko‘p qavatli uylar qurilishi mumkin
Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahri Qorasuv massivida qurilayotgan zamonaviy aholi massivini borib ko‘rdi.
Samarqand shahri aholisining uy-joyga ehtiyoji yuqoriligini inobatga olib, 2018 yilgi dasturga qo‘shimcha ravishda ko‘p qavatli arzon uylar qurish kiritilgan edi.
2018 yilning o‘zida jami 1 ming 344 xonadondan iborat 32 ta 7 qavatli ko‘p qavatli arzon uy barpo etildi. Bundan tashqari, Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya xizmatchilari va yosh oilalarga mo‘ljallangan 5 qavatli 12 ta turar joy qurib, foydalanishga topshirildi.
Shu bilan birga, hududda xususiy bog‘cha, shahar ichki ishlar bo‘limi, savdo va maishiy xizmat majmuasi, «Registon» supermarketi qurib bitkazildi. 540 o‘rinli umumta'lim maktabi qurilishi yakunlanmoqda.
Shu tariqa, bu yerda qisqa fursatda zamonaviy aholi massivi qad rostladi. Yangi uylarda odamlarning hayotdan rozi bo‘lib yashashi uchun barcha qulayliklar e'tiborga olingan.
Shu yerda Qorasuv massivida 2019 yilda foydalanishga topshiriladigan uylar loyihalari, jumladan, «Agromir bildings» kompaniyasi tomonidan Turkiyaning zamonaviy texnologiyasi asosida monolit usulida barpo etilayotgan ko‘p qavatli turar joylar taqdimotlari o‘tkazildi.
Prezident turar-joylar qurilishining odamlar hayotidagi, hudud infratuzilmasidagi ahamiyatiga to‘xtaldi.
«Samarqand turizm markazi bo‘lishi kerak. Shuning uchun bu yerda ko‘p qavatli uylar qurilishini ko‘paytiramiz. Shahar markazida eng zamonaviy talablarga javob beradigan uylar qurib, aholini ta'minlaymiz. Uylarni qurishdan oldin uning egasi, qaysi qavatda, necha xonali uyda yashashigacha aniq bo‘lishi lozim», – degan davlat rahbari.
Samarqand seysmik jihatdan ham qulay hududda joylashgani bois kelajakda viloyatning Kattaqo‘rg‘on, Urgut, Paxtachi, Narpay, Qo‘shrabot tumanlari markazlarida ham ko‘p qavatli uylar qurilishi zarurligi ta'kidlandi.
Tavsiya etamiz
2024 yilda UzAuto Motorsʼning O‘zbekiston bozoridagi ulushi 88 foizga yetdi
O‘zbekiston | 14:22 / 16.01.2025
«Tashabbusli budjet»ga ayrim o‘zgarishlar kiritildi
O‘zbekiston | 13:13 / 16.01.2025
Bayroqdagi yangi yulduzlar: AQSh hududlarni qanday qo‘lga kiritgan?
Jahon | 18:08 / 15.01.2025
Qonuniy taksi bozori qariyb 6 trln so‘mgacha o‘sdi
Iqtisodiyot | 09:47 / 15.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Durov Fransiyadagi tergovchilarga Telegram moderatsiyasini yaxshilashga va’da berdi
Fan-texnika | 01:38
-
Apple yangilangan iOSʼdan sun’iy intellekt asosida ishlaydigan funksiyasini o‘chirib qo‘ydi
Fan-texnika | 00:50
-
Qozog‘iston va Rossiya chegarasida joylashgan ikkita nazorat-o‘tkazish punkti yopiladi
Jahon | 00:18
-
Ijtimoiy kartalarni tarqatish boshlandi. U qanaqa karta va kimlarga beriladi?
O‘zbekiston | 23:36 / 17.01.2025
Mavzuga oid
21:21 / 17.01.2025
Samarqandda temiryo‘lga beton bo‘lagi qo‘yib ketildi
18:20 / 14.01.2025
Samarqandda 10 dan ziyod kishi qo‘lbola spirtdan zaharlanib vafot etgani aytilmoqda
16:54 / 14.01.2025
Samarqanddagi Shirin shaharchasida yerusti metrosi quriladi
15:08 / 14.01.2025