2019 yilning 11 yanvar kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Toşkent şahriga keça kelgan Qirğiziston Respublikasi taşqi işlar vaziri Çingiz Aydarbekov bilan muzokaralar ötkazdi. Bu haqda TIV xabar bermoqda.
Suhbat çoğida qayd etilişiça, Özbekiston va Qirğiziston örtasida turli darajalarda, avvalo davlat rahbarlari örtasida muntazam hamkorlikni örnatilgani tufayli ikki tomonlama munosabatlarda misli körilmagan döstona muhit yaratildi, bu esa töplanib qolgan muammolarni izçil hal etiş va hamkorlikning yangi bosqiçiga kötarişga imkon berdi.
Vazirlar tomonidan asosiy e'tibor siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi ikki mamlakat aloqalarini 2019 yilda va istiqbolda yanada çuqurlaştirişning ustuvor yönalişlarga qaratildi.
Özbekiston va Qirğiziston uzoq muddatli va özaro manfaatli asosda hamkorlikni rivojlantirişdan manfaatdor ekanliklari tasdiqlandi. Qayd etilganidek, 2018 yilning 11 oyi davomida özaro savdo hajmi 2017 yilning uşbu davriga nisbatan 55 foizga oşib, 363 million dollarni taşkil etdi.
Özbekistonning çegaraoldi viloyatlari hokimlari va Qirğiziston Hukumatining çegaraoldi viloyatlaridagi vakolatli vakillari Kengaşi majlislarini ikki davlat boş vazirlari rahbarligida muntazam ravişda ötkazilişi ikki tomonlama munosabatlarda muhim rol öynaydi.
Şuningdek, 12-13 yanvar kunlari Samarqand şahrida Afğoniston iştirokida bölib ötadigan «Hindiston – Markaziy Osiyo» muloqotining birinçi uçraşuvi kun tartibiga doir masalalar yuzasidan fikr almaşildi.
Uşbu şakldagi forum turli yönalişlardagi mintaqaviy hamkorlikni kengaytiriş imkonini berişiga işonç bildirildi.
Muzokaralar yakunida taşqi işlar vazirliklari rahbarlari ikki tomonlama va Markaziy Osiyo şaklidagi hamkorlikni mustahkamlaş va kengaytirişga sodiq ekanliklarini yana bir bor tasdiqladilar.
Uçraşuvda Qirğizistonning Özbekistondagi elçisi Ibragim Junusov iştirok etdi, deyiladi xabarda.












