O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzurida Urbanizatsiya agentligi tashkil etiladi. Bu O‘zbekiston Prezidentining “Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida ko‘rsatib o‘tilgan.

Farmonga muvofiq, agentlikning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

  • urbanizatsiyani tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
  • sanoatlashtirish siyosatining sur’atlari, bosqichlari va natijalarini uzoq muddatli rejalashtirish, shahar va qishloqlardagi uzoq muddatli demografik tendensiyalarni tahlil qilish, jadal sanoatlashtirish sharoitida shaharlarning demografik sig‘imlari hamda ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojlarini hisoblash;
  • “o‘sish polyuslari”ni aniqlash, boshqaruv markazlari joylarini tanlash, ta’lim, mehnat bozorini shakllantirish, ichki va tashqi migratsiya sohalaridagi siyosatni kelishish;
  • qishloq aholisini yangi sanoat ixtisosliklariga o‘qitish va qayta tayyorlashga qaratilgan qator institutsional va tashkiliy chora-tadbirlarni belgilashni nazarda tutuvchi, ishchi kuchining qishloqlardan shaharlarga harakatlanishini rag‘batlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish;
  • ilg‘or, energiya tejovchi, ekologik toza texnologiyalar va materiallarni joriy etish asosida hamda ijtimoiy, muhandislik-kommunal va yo‘l-transport infratuzilmalarini qamrab olgan yo‘ldosh-shaharlar bunyod etilishini hisobga olgan holda shahar aglomeratsiyalarini shakllantirishni boshqarish;
  • jahon amaliyotini hisobga olgan holda shahar aholisini joylashtirish tizimini kompleks rivojlantirishni tartibga solish, kichik, o‘rta, katta va yirik shaharlarning samarali nisbatini shakllantirish.

Shuningdek, farmonda ko‘rsatilishicha, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Urbanizatsiyani rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi.

Uning asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

  • yer uchastkalarini xususiylashtirishdan tushadigan barcha mablag‘larni jamlash;
  • Konsepsiya doirasida barpo etiladigan yangi shaharlar va yo‘ldosh-shaharlarning bosh rejalari loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirish, shuningdek ular uchun zarur bo‘lgan muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilma obektlari qurilishini moliyalashtirish;
  • keyinchalik tushgan mablag‘larni jamlagan holda zarur infratuzilmalarga ega yer uchastkalarini auksion savdolari orqali sotish;