Özbekiston Respublikasi prezidenti “Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonni imzoladi.

Hujjat bilan quyidagilar mamlakatda urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillaştirişning asosiy yönalişlari etib belgilandi:

mutlaqo yangi uy-joy siyosatini amalga oşiriş asosida urbanizatsiya jarayonlarini faollaştiriş, bunda muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalar bilan ta'minlangan, ipotekani kreditlaş va tadbirkorlik sub'yektlarining moliyaviy resurslarini jalb qiliş mexanizmlaridan foydalangan holda, şu jumladan, kam va örta daromadli oilalar uçun arzonlaştirilgan turar joylarni qurişga yönaltirilgan investitsiyalarni qöllab-quvvatlaş böyiça maxsus çora-tadbirlarni nazarda tutiş;

jismoniy va yuridik şaxslar uçun turar joy va noturar joy bino 
va inşootlar ostidagi yer uçastkalariga egalik qiliş huquqini amalga oşirişni kafolatlaş, yer uçastkalarini fuqarolik muomalasiga kiritiş uçun şart-şaroitlar yaratiş;

migratsiya jarayonlarini ma'muriy tartibga soliş tizimini takomillaştiriş yöli bilan aholining qişloq joylaridan şaharlarga erkin harakatlaniş uçun şart-şaroitlar yaratiş;

yirik şaharlar aholisining farovonligini ta'minlaş, iqtisodiy va sanoat resurslaridan foydalanişni kengaytiriş hisobiga uşbu şaharlar aholisini töliq va samarali bandligini ta'minlaşga kömaklaşiş, şuningdek, hududlardagi oliy ta'lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari asosida texnoparklar taşkil qiliş va ularning tizimini mustahkamlaş;

avvalambor sanoat, xizmat va servis sohalarida aholining daromadlarini oşiriş va barqaror iş joylarini yaratiş omili sifatida aglomeratsiyalarning afzalliklaridan foydalanişni nazarda tutgan holda örta şaharlarni, şu jumladan, tuman markazlarini boşqarişda ilğor xalqaro tajribani keng joriy etiş;

yirik şaharlarga tutaş bölgan va qulay transport aloqasiga ega yöldoş-şaharlar tarmoğini kengaytiriş, yirik şaharlarning markaziy qismida sanoat va boşqa zonalar hududlarini qisqartirgan holda ijtimoiy-işbilarmonlik zonalar hududlarini kengaytiriş.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda yuridik va jismoniy şaxslar yer uçastkalarini xususiylaştiriş huquqiga ega bölişi xabar berilgandi.