Keça Xalq deputatlari Samarqand viloyat kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötgani, unda Özbekiston Respublikasi prezidenti Ş.Mirziyoyev iştirok etgani, sessiyada Samarqand viloyati hokimi lavozimiga E.Turdimov rasman tasdiqlangani haqida xabar bergan edik.

Bugun Xalq deputatlari Pastdarğom tuman kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi va tuman hokimi öz arizasiga binoan vazifasidan ozod etilgan Bahodir Sa'dullayev örniga viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosari vazifasida faoliyat körsatgan Şunqor Xudoyberdiyev tuman hokimi etib tayinlandi.

Ayni paytda Xalq deputatlari Payariq tuman kengaşining navbatdan taşqari sessiyasiga ham hozirlik körilmoqda.

Abdumömin Sunnatoviç Jörayev

Kun.uz manbalarining xabariga köra, senator, şu paytgaça tumanga rahbarlik qilib kelgan Abdumömin Sunnatoviç Jörayev örniga yangi hokim tayinlanişi kutilmoqda.