Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning Eronga zarba berish rejalari ma'lum bo‘ldi
AQShning Milliy xavfsizlik bo‘yicha kengashi 2018 yilda Pentagonga Eronda harbiy amaliyot o‘tkazish bo‘yicha so‘rov topshirgan. Bu haqda The Wall Street Journal manbalarga tayangan holda yozmoqda.
So‘rov sentabr oyida Bag‘dodda Tehron bilan hamkorlik qiluvchi jangarilar Amerika elchixonasi joylashgan tumanni minomyotlardan o‘qqa tutganidan keyin jo‘natildi. Nashr xabariga ko‘ra, milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchi o‘rinbosari Mira Rikardel hujumni «harbiy harakatlar akti», deb atagan hamda Vashington xuddi shunday javob qaytarishi lozimligini ma'lum qilgan.
Gazeta suhbatdoshlarining aytishicha, Pentagonda bunday so‘rovni kutishmagan va hujjat «xodimlarni shokka solgan». Biroq, prezident ma'muriyati vakilining CNN’ga aytishicha, taklif ham harbiy mahkama, ham Davlat departamenti uchun syurpriz bo‘lmadi.
The Wall Street Journal ma'lumotiga ko‘ra, Pentagon ko‘rib chiqish uchun so‘rovni qabul qilgan. Shu bilan birga, Eronga zarba berish uchun qandaydir reja ishlab chiqilgani va u Oq uyga taqdim etilgani bo‘yicha aniq axborot yo‘q. Nashrning qayd etishicha, manbalar so‘ziga ko‘ra kengash Suriya va Iroqqa zarba berishni ham taklif qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron AQSh sohillari yaqiniga jangovar kemalarini jo‘natishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49 / 05.07.2026
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
19:55 / 04.07.2026
Jaziramadagi bayram: issiq sabab AQShdagi mustaqillik tadbirlari bekor qilinmoqda
22:57 / 03.07.2026