Osiyo Kubogi guruh bosqiçining 2-turiga yakun yasab bergan Turkmaniston–Özbekiston (0:4) uçraşuvidan keyingi matbuot anjumanida Özbekiston terma jamoasi boş murabbiyi Ektor Kuper jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

«Natijadan juda xursandman. Futbolçilar ayniqsa birinçi bölimda juda yaxşi öynaşdi, deb hisoblayman. Yana bir bor öyinimizga hujumkor yoki himoyaviy deb baho bermagan bölardim. Maqsadimiz ğalaba qozoniş va keyingi bosqiçga çiqiş edi, bu vazifa uddalanganidan juda mamnunmiz», dedi Kuper anjumanning kiriş qismida.

– Misrda sizni himoyaviy futbol uçun juda köp tanqid qilişardi. Özbekiston esa qöl ostingizda mana bunday gollarga boy öyin körsatmoqda. Bu Osiyo futboli bölgani uçun şunday holat kuzatilmoqdami?
– Har bir murabbiy öz öyin uslubiga ega böladi. Yangi jamoaga kelganda murabbiy natija uçun eng maqbul uslubni tanlaydi. Ummonga qarşi öyinda ham xuddi bugungidek öyin körsatmoqçi bölgandik, ammo buni uddalaş qiyin bölgandi. Futbol barça joyda bir xil.

– Zaxiradan tuşgan Ikrom Aliboyev va Fozil Musayevning öyini haqida nima deya olasiz?
– Oldin ham aytganman, men aynan bir futbolçini yakka holda muhokama qilmayman. Aliboyev haqida aytişim mumkinki, u köplab pozitsiyalarda öynay oladi. Uçraşuvlar davomida öyinning borişiga qarab öyinçi almaştirişdan foydalanamiz.

– Jamoangiz öyinini rohat olib kuzatdingizmi?
– Men öyinlar davomida yigitlarda qat'iyatni, körsatmalarim bajarilayotganini körsam, bundan doimo xursand bölaman. Şuning uçun ham juda mamnunman, deb ayta olaman. Barça futbolçilar bugun astoydil töp surişdi. Ba'zi vaqtlar böladiki, yigitlar maksimal darajada harakat qilib öyin körsatsalar ham, natija bölmay qoladi. Masalan, Ummon bilan öyinga soliştirganda bugun faqat kiçik özgarişlar qilgan edik.

– Pley-off yöllanmasi qölga kiritib bölindi. Şunday holatda uçinçi turda Yaponiyaga qarşi maksimal darajada öyin körsatamizmi yoki bu bahsni nimçorak finalga tayyorgarlik sifatida körasizmi?
– Men şogirdlarimni doimo maydonga ğalaba uçun tuşişga örgatganman. Qandaydir strategik maqsadlarni deb xotirjamlik va bemalol öyin körsatiş kabilar haqida öylamayman. Men barça raqiblarga bir xilda yondaşaman. Nimçorak finalda raqib sifatida Saudiya Arabistoni yoki Avstraliyani tanlaş haqida ham boş qotirmaymiz. Yaponiyaga qarşi öyinda ham maksimal kuç bilan harakat qilamiz.

Eslatib ötamiz, uşbu natijadan söng Özbekiston terma jamoasi oçkolari sonini 6taga yetkazgan holda keyingi bosqiçga yöl oldi. Jamoa 3-turni 17 yanvar, payşanba kuni Yaponiya termasiga qarşi ötkazadi.