Ispaniya çempionati peşqadami «Barselona» 19-turda «Eybar»ni qabul qildi va 3:0 hisobida ğalaba qozondi. Uçraşuvda Luis Suares dubl qayd etgan bölsa, jamoa sardori Lionel Messi bir marta öz nomini tabloga yozdirib qöydi.
Uşbu gol argentinalik futbolçining La Ligadagi 400-goli böldi. Endi u Primerada 400ta gol urgan birinçi futbolçi sifatida tarixda qoladi. Uşbu natijaga erişiş uçun Messi 435ta uçraşuv ötkazişiga töğri kelgan.
Ispaniya çempionati töpurarlari röyxatidan ikkinçi bölib «Real»ning sobiq hujumçisi Kriştianu Ronaldu joy olgan. Uning hisobida 311ta gol bor.












