Moliya vazirligi va DSQ QQS bo‘yicha hisobga olishning ayrim jihatlarini tushuntirdi
QQSga o‘tish masalasi u bilan birinchi bor to‘qnash kelayotgan soliq to‘lovchilarda ko‘plab savollarni tug‘dirmoqda. Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash va budjetga to‘lashdagi ayrim masalalarni tushuntiruvchi xatni o‘zining hududiy boshqarmalariga yubordi, deb yozmoqda Buxgalter.uz.
QQS to‘lovchisiga aylangan korxona tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha yetkazib beruvchiga to‘langan soliqni hisobga olish huquqiga ega. Bu Soliq kodeksining 218-moddasida belgilangan.
Tovar-moddiy zaxiralar qoldiqlarining qiymatida mavjud bo‘lgan QQSni faqat quyidagi hollarda hisobga olsa bo‘ladi:
• QQS summasi TMZ (ishlar, xizmatlar) olinganda to‘langanda va birlamchi hujjat bilan tasdiqlanganda;
• QQS summasi soliq to‘lovchining hisob siyosatiga muvofiq tovarning tannarxiga kiritilganda.
Xatda 2019 yilning 1 yanvaridan QQS to‘lashga o‘tgan tadbirkorlik sub'yektlarining harakatlari tartibi bayon etilgan.
Xususan, tadbirkorlik sub'yektlari quyidagilarni amalga oshirishlari kerak:
1. Joriy yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra tovar-moddiy zaxiralarning inventarizatsiyasini o‘tkazish.
2. Ortiqcha to‘lanmalar aniqlanganda ularni daromadga kiritgan holda bozor qiymati bo‘yicha kirim qilish.
3. QQSsiz tovar-moddiy zaxiralar qoldiqlarining qiymati hamda xarid qilinayotganda TMZning tannarxiga kiritilgan soliq summasini belgilash. TMZning qiymatini kamaytirish bilan hisobga kiritish uchun QQS summalari quyidagi provodkalarda aks ettiriladi:
• budjetga bo‘nak to‘lovlarini hisobga oluvchi schyotlarning debeti (4400);
• tovar-moddiy zaxiralarni hisobga oluvchi schyotlarning krediti (1000; 2800; 2900).
4. Joriy yilning 1 yanvaridan boshlab tovar-moddiy zaxiralarning realizatsiyasi QQS bilan birga amalga oshiriladi. Bunda TMZni xarid qilayotganda yetkazib beruvchidan olingan hisobvaraq-fakturadagi QQSning summasi hisobga olinadi.
5. Soliq kodeksining 40-1-bobiga muvofiq QQSni hisoblab chiqarish va to‘lashning soddalashtirilgan tartibini qo‘llovchi soliq to‘lovchilar soliq solinadigan oborotlar bo‘yicha QQS summasini soliq solinadigan baza va farqlangan stavkalardan kelib chiqqan holda xarid qilingan TMZ bo‘yicha QQSni hisobga olishni qo‘llamasdan aniqlaydilar.
Mavzuga oid
08:40 / 09.09.2024
Eksport qiluvchilar uchun QQS qoplash tartibi soddalashtirildi
13:50 / 05.09.2024
XMT loyihalariga yetkazilgan tovarlar uchun mahalliy ishlab chiqaruvchilarga QQS qaytariladi
07:53 / 04.09.2024
Ayrim tadbirkorlarga QQSning bir qismi qaytariladi
13:35 / 12.02.2024