Osiyo Kubogi guruh bosqiçining 2-turidagi Turkmaniston–Özbekiston uçraşuvidan (0:4) keyingi matbuot anjumanida dastlab Turkmaniston termasi boş murabbiyi Yazguli Xöjageldiyev iştirok etdi.

– Özbekistondan şunday öyin kutganmidingiz?
– Afsuski, Özbekiston termasini tabriklaşdan boşqa ilojim yöq.

– Jamoa Yaponiyaga qarşi munosib öynab, ikkita gol urgan edi. Bir neça kun içida nima böldiki, jamoa öyini bunday salbiy tomonga özgardi?
– Afsusdaman, ammo bu savolga javob berişim qiyin.

– Jamoangizdagi deyarli barça futbolçilar - bitta klub («Oltin asr») vakillari. Termadagi raqobat haqida nima deya olasiz?
– Hammasi emas, boşqa klublardan ham futbolçilarimiz bor.

– Ektor Kuper himoyaviy uslubda öynaşi kutilgan edi, uning öyin uslubi aslida sizningça qanday bölib çiqmoqda? Guruhdan çiqa olişingizga işonasizmi?
– Albatta, pley-offga çiqiş imkonimiz bor. (Birinçi savol javobsiz qoldirildi)

Turkmaniston terma jamoasi ötkazib yuborilgan gollar sonining köpligi hisobiga (ikki öyinda 7ta) eng yaxşi uçinçi örin egalaridan biri sifatida keyingi bosqiçga çiqiş imkoniyatini kamaytirib yubordi. Jamoa 3-turni 17 yanvar, payşanba kuni Ummon termasiga qarşi ötkazadi.