Adliya vazirining buyruği bilan Advokatlar palatasining hududiy boşqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari töğrisidagi nizomga tuzatişlar kiritildi. Bu haqda Norma yozmoqda.
Eslatib ötamiz, prezidentning 12.05.2018 yildagi PF-5441-son farmoni bilan advokatlik institutini tubdan takomillaştirişga yönaltirilgan qator çora-tadbirlar qabul qilindi, 11.10.2018 yildagi ÖRQ-497-son qonun bilan «Advokatura töğrisida»gi Qonunga tegişli özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.
Xususan, Advokatlar palatasi hududiy boşqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari vakolatlari doirasi kengaytirildi. Ular zimmasiga, şu jumladan, quyidagilar töğrisidagi qarorlarni qabul qiliş yuklatildi:
• advokat maqomini töxtatib turiş va tiklaş;
• advokatga malaka darajasini beriş va bekor qiliş;
• advokatning noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan murojaatlarni körib çiqiş yakunlari böyiça intizomiy iş yuritişni qözğatiş (ilgari bunga tegişli hududiy boşqarma yoki adliya organi rahbari haqli bölgan).
Advokatga nisbatan intizomiy iş yuritişni qözğatiş va işni körib çiqiş tartibiga ham ayrim özgartirişlar kiritildi.
Qanday tartibda intizomiy iş yuritiş qözğatiladi va körib çiqiladi
Bundan buyon advokatga nisbatan intizomiy iş yuritişni qözğatiş töğrisidagi qaror malaka komissiya tomonidan quyidagilarga asoslanib qabul qilinadi:
• advokatura töğrisidagi qonun hujjatlarining, Advokatlarning kasb etikasi qoidalari, advokatlik sirining va advokat qasamyodining advokat tomonidan buzilişi aniqlangan taqdirda, hududiy boşqarma yoki adliya organi rahbarining taqdimnomasiga;
• advokatning noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan komissiyaga topşirilgan murojaatlarga;
• sudning advokatga nisbatan çiqargan xususiy ajrimiga.
Bunda advokatning komissiya nomiga öziga nisbatan qözğatilgan iş yuritiş böyiça yozma tuşuntirişlar beriş majburiyati çiqarib taşlandi.
Advokat huquqi esa, aksinça, kengaytirildi. Endi öziga nisbatan intizomiy iş yuritiş qözğatilgan advokat, şu jumladan, quyidagilarga haqli:
• nafaqat barça materiallar bilan tanişib çiqişga, balki öz hisobidan ulardan nusxa olişga;
• zarur bölgan ma'lumotga ega bölgan şaxslarni komissiya yiğilişiga taklif qiliş va tuşuntirişlarini eşitiş töğrisida iltimosnoma kiritişga;
• advokat xizmatidan foydalanişga.
Amal qilayotgan tartibga köra komissiya qaror qabul qilguniga qadar advokat unga nisbatan şikoyatni bergan şaxs bilan yaraşuv çoralarini körişga haqli. Bu şart aniqlaştirildi. Endi malaka komissiyasi tomonidan advokat:
• advokatura töğrisidagi qonun hujjatlari talablari, Advokatning kasb etikasi qoidalari, advokatlik siri va advokat qasamyodini muntazam ravişda yoki bir marta qöpol ravişda buzgan;
• advokatning şa'ni va qadr-qimmatiga doğ tuşiradigan hamda advokaturaning obrösini tuşiradigan qilmiş sodir etgan deb topilgan taqdirda, yaraşuv qabul qilinmaydi.
Yana bir özgartiriş. Endi komissiya qarori bilan intizomiy iş yuritiş bilan boğliq ayrim masalalarni qöşimça ravişda örganiş hududiy boşqarmaga yuklatiladi (ilgari komissiya a'zolaridan biriga topşirilar edi). Bunda boşqarma öz xulosasida advokatning javobgarligi va intizomiy ta'sir çoralari yuzasidan takliflar berişga haqli emas.
Intizomiy iş yuritiş jarayonida jinoyat töğrisidagi xabar mavjudligi aniqlanganda, iş yuritiş töxtatiladi va materiallar tegişli huquqni muhofaza qiluvçi organga yuboriladi. Jinoyat işi qözğatiş rad etilgan taqdirda, advokatga nisbatan intizomiy iş yuritiş tiklanadi va umumiy tartibda körib çiqiladi.
Intizomiy iş yuritişni körib çiqiş natijalari böyiça quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
• ogohlantiriş töğrisida;
• ma'muriy sudga litsenziyaning amal qilişini 6 oygaça muddatga töxtatib turiş töğrisidagi murojaat haqida;
• Oliy malaka komissiyasiga litsenziyaning amal qilişini tugatiş töğrisida murojaat haqida;
• hududiy boşqarma zimmasiga qöşimça örganiş ötkazişni topşiriş töğrisida;
• intizomiy jazo çoralari qöllaşni rad etiş va intizomiy iş yuritişni tugatiş töğrisida.
Advokatlarning noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan murojaatlarni körib çiqiş mexanizmi ham yanada batafsil yoritib berildi.
Advokatlarga nisbatan şikoyatlar qanday körib çiqiladi
Advokatga nisbatan kelib tuşgan şikoyat hududiy boşqarma yoki adliya organi rahbari tomonidan iş yuritişni qözğatiş yoki rad etiş töğrisida qaror qabul qiliş uçun komissiyaga kiritiladi. Binobarin, murojaatda körsatilgan masalalarni hal etiş komissiya vakolatiga kirmagan taqdirda, murojaat 5 kunlik muddatdan keçiktirmay tegişli tuzilmalarga (davlat organlari, taşkilotlar, mansabdor şaxslarga) yuboriladi.
Murojaatda sodir etilgan jinoyat töğrisidagi xabar mavjud bölgan taqdirda, murojaat huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yuboriladi va uning nusxasi komissiyaga taqdim etiladi. Bu iş boşqarma boşliği yoki adliya organi rahbari tomonidan murojaat kelib tuşgan kunning ertasidan keçiktirmay amalga oşirilişi lozim.
Murojaat muallifi huquqlari belgilandi
Ularga intizomiy iş yuritiş materiallari bilan tanişib çiqişga va advokatlik sirini qat'iy saqlagan holda öz hisobidan materiallardan nusxa olişga ruxsat etiladi.
Bundan taşqari, şikoyat qilgan şaxs:
• yozma şaklda tuşuntirişlar berişga va qöşimça ma'lumotlar taqdim etişga;
• holat yuzasidan aniqlik kiritiş uçun zarur ma'lumotga ega bölgan fuqarolarni taklif qiliş va tuşuntirişlarini eşitiş töğrisida komissiyaga iltimosnoma kiritişga;
• işni körib çiqiş jarayonida advokat xizmatidan foydalanişga haqli.
Hujjat 9.01.2019 yildan kuçga kirdi.












