Özbekiston Prezidentining farmoniga binoan Özbekiston mudofaa vaziri Abdusalom Azizov navbatdagi general-leytenant harbiy unvoni bilan taqdirlandi.
Şuningdek, mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy işlar böyiça örinbosari polkovnik Azizbek Ikramovga general-mayor harbiy unvoni berildi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston Respublikasi prezidentining farmoniga muvofiq, Vatan himoyaçilari kuni va Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlarining 27 yilligi munosabati bilan bir guruh harbiy xizmatçilar, huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari harbiy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlangan edi.
Bugun, 14 yanvar kuni ana şu yuksak mukofotlarni topşiriş marosimi bölib ötdi.
Davlatimiz rahbari, Qurolli Kuçlar Oliy Boş Qömondoni Şavkat Mirziyoyev yiğilganlarni Vatan himoyaçilari kuni bilan tabriklab, ularga mukofot topşirişni yuksak şaraf deb bilişini ta'kidladi.











