Bugun Toşkent vaqti bilan soat 21:00da Osiyo Kubogi guruh bosqiçining eng qaynoq öyinlaridan biri boşlanadi. Bu bahsni guruh bosqiçining finali desak ham «haqqimiz ketmaydi». «D» guruhida pley-off yöllanmasini muddatidan oldin qölga kiritgan Eron va Iroq guruh ğolibi aniqlanadigan öyinda maydonga tuşişadi. Keskin kuraşlarga boy keçişi kutilayotgan bahsga OFK kutilganidek qit'aning eng yaxşi hakami Ravşan Ermatovni tayinladi. Nega bu jamoalar örtasidagi öyinlar öta keskin ötadi? Nega bu bahs qit'aning superderbisi nomini olgan?
«Qonli derbi»
1 599 kilometr umumiy çegaraga ega bu davlatlar örtasidagi munosabat öta murakkab. Ular örtasidagi siyosiy nizoning kuçayişiga köpçilik Saddam Husaynni ayblaydi. Aynan uning Erondagi neft konlariga qilgan hujumi ikki mamlakat örtasida naqd 8 yil davom etgan uruş boşlanişiga sabab böladi. Bu uruşdan Saddam heç narsaga erişa olmaydi va Iroq iqtisodiyotini oğir ahvolga keltiradi. Turli ma'lumotlarga köra bu uruşda ikki tomondan jami 400 mingdan 700 minggaça kişi halok bölgan. 1,5 milliondan ortiq kişi yaralangan. Janglarda bolalar ham qatnaşgan. Uzoq tarixga ega ikki davlat örtasidagi mojaro sportga ham köçgan va Eron – Iroq öyini doimo öta prinsipial xarakterga ega bölib keladi.
Eron va Iroq özaro 22 marta töqnaş kelişgan. Ustunlik şubhasiz Eron tomonida - 12-5-5. Lekin jamoalarning oxirgi öyinida Iroqning qöli baland kelgan. 2017 yil 18 mart kuni Tehronda ötkazilgan öyinda Iroq 1:0 hisobida ğalaba qozonadi. Öşanda xavfsizlik sabab muxlislar stadionga qöyilmagan, jamoalar böm-böş «Ozodiy»da öyin ötkazişgandi.
Osiyo Kuboklarida ham jamoalar tez-tez töqnaş kelişadi. Bugungi öyin jamoalarning qit'a çempionatidagi 7-töqnaşuvi böladi. Bu turnir miqyosidagi ustunlik hozirça Eron tomonida – 4:2. Eron va Iroq ketma-ket uçinçi marta Osiyo Kubogida töqnaş kelayotganlarini ham ta'kidlaş kerak. 2011 yil Eron guruh bosqiçida amaldagi çempion Iroqni 2:1 hisobida mağlub etgan bölsa, ötgan Osiyo Kubogida jamoalar musobaqaning eng zör öyinini ötkazib berişgandi.
Kanberradagi «triller»
2015 yili Osiyo Kubogida ham Eron ğoliblik uçun asosiy da'vogarlardan deb qaralayotgandi. Çunki Keyruş jamoasi musobaqaga 3 yil davom etgan mağlubiyatsiz seriya bilan boradi. Eronni Mirjalol Qosimov murabbiyligidagi Özbekiston terma jamoasi 2012 yil noyabrda Tehronda mağlub etgani yodingizda bölsa kerak. Öşa mağlubiyat Eron uçun 2015 yilgi Osiyo Kubogi çorak finaligaça oxirgisi bölib turadi. Guruh bosqiçida forslar BAA, Qatar va Bahrayn qatnaşgan «ölim guruhi»da katta ustunlik bilan birinçi böladi. Iroq esa Yaponiya qatnaşgan guruhda ikkinçi bölib çorak finalga çiqadi.












