Özbek musiqa san'ati rivojiga özining munosib hissasini qöşgan Özbekiston Respublikasi san'at arbobi, Davlat mukofoti sovrindori, taniqli bastakor Anor (Anorqul) Nazarov bugun, 2019 yilning 16 yanvar kuni oğir xastalikdan söng vafot etdi. Bu haqda «Özbekkonsert» xabar berdi.
Anorqul Mamadoviç Nazarov 1950 yil 5 iyunda Toşkent viloyatining Böka tumanida tavallud topgan. 1968 yilda M.Aşrafiy nomidagi Toşkent davlat konservatoriyasini tamomlab, 1968-1985 yillarda A.Navoiy nomidagi DAKT orkestri solisti, 1985-1987 yillarda Toşkent şahar musiqa ansambllari jamoasining boş dirijyori, 1986-1996 yillarda Özbekiston teleradiokompaniyasi estrada-simfonik orkestri badiiy rahbari va boş dirijyori, 1996-2000 yillarda “Özbeknavo” gastrol-konsert birlaşmasi boş direktori, 2000-2002 yillarda esa badiiy rahbari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Bastakorning faoliyati asosan estrada musiqa san'ati bilan bevosita boğliq bölib, öziga xos mustaqil uslubiy ijodi bilan ajralib turadi. “Men neçun sevaman Özbekistonni” (A.Oripov şe'ri), “Vatan azizdir”, “Jon Özbekiston” (J.Jabborov şe'rlari), “Iftixor” (X.Şaripov), “Yaşnar bahorim”, “Ona yurt” (B.Bobomurod), “Barkamol avlod”, “Özbekiston muştarak” (Y.Otaş), “Gözal Toşkent”, “Yurt qadri” (B.Isroilova), “Aziz odamlar” (M.Ibrohimov), “Izhor” (A.Oripov) kabi 120 dan ortiq qöşiqlari özining jozibadorligi, ona Vatanga bölgan muhabbat, uni e'zozlaş, asrab avaylaş va insonparvarlik ruhi bilan suğorilganligi bilan e'tiborli.
Kun.uz tahririyati marhumning oila a'zolari, yaqinlari va şogirdlariga çuqur ta'ziya izhor etadi.













