Xitoyning Oyning orqa tomoniga qöngan “Çan'e 4” zondi bortida Lunar Micro Ecosystem mini-biosferasi yaratiş böyiça tajriba doirasida paxta uruğlaridan biri niş urdi. Şu tariqa Yerning tabiiy yöldoşida Oy gravitatsiyasi şaroitida ösib çiqqan tarixdagi ilk va yagona ösimlik paydo böldi. 

Lunar Micro Ecosystem özidan uzunligi 18 santimetr va diametri 16 santimetr bölgan silindrni aks ettirib, uning içida paxta, raps, kartoşka va biologik tadqiqotlar uçun model organizm sifatida qöllanuvçi Arabidopsis thaliana deb nomlanuvçi ösimlik bor. Bundan taşqari, konteynerga haşoratlar tuxumlari joylaştirilgan. Ular oçib çiqqandan keyin nafas olib, ösimliklar uçun kerak böladigan karbonat angidrid işlab çiqarişi kutilmoqda. Olimlarning ğoyasiga köra, bunda sayyoramizdagi şaroitlarga öxşaş, biroq past darajadagi gravitatsiya şaroitidagi yopiq mini-biosfera şakllanişi kerak. 

Tirik organizmlarning paydo bölişi va ösişi ortidan kuzatuvçi mini-kamera olgan suratda paxta uruğlaridan faqat bittasi niş urganini köriş mumkin.