2019 yilning 16 yanvar kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Ummon Sultonligining favqulodda va muxtor elçisi etib tayinlangan Ahmad bin Said bin Umar al-Kasiriyni qabul qildi.
TIV xabariga köra, işonç yorliqlari nusxasini qabul qila turib, vazir elçini iliq qarşi olgan, Özbekiston va Ummon örtasidagi munosabatlarni mustahkamlaş borasidagi işiga muvaffaqiyat tilagan.
Suhbat davomida ötgan yilning sentabr oyida Maskat şahrida mamlakatimiz elçixonasi oçilişi Özbekiston – Ummon muloqotiga tizimlilik va ösuvçanlik tusini beriş imkonini yaratişiga işonç bildirildi.
Uçraşuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boşqa jabhalardagi hamkorlikning istiqbollari hamda 2019 yildagi qöşma tadbirlarning jadvali va kun tartibi borasida fikr almaşildi.












