Umumiy örta ta'lim muassasasining kuzatuv kengaşi haqidagi namunaviy nizom tasdiqlandi, deb yozmoqda Norma.
 
Eslatib ötamiz, prezidentning 5.09.2018 yildagi PF-5538-son farmoni 4-bandiga asosan 2018 yil 1 oktyabrdan boşlab umumta'lim muassasalarining vasiylik kengaşlari tugatildi. Ularning örnini kuzatuv kengaşlari egallaşi kerak.
 
Qabul qilingan hujjatda belgilanişiça, kuzatuv kengaşlarini taşkil etiş nodavlat maktablar uçun tavsiyaviy xususiyatga ega, davlat maktablarida esa – majburiy.
 
Kuzatuv kengaşi 7 kişidan kam bölmagan tarkibda ota-onalar umumiy yiğilişi tomonidan 3 yil muddatga saylanadi. Bunda kengaş tarkibiga ota-onalar orasidan kamida 2 nafar, bitiruvçilar orasidan 2 nafar va nafaqadagi pedagoglar orasidan 1 nafar hamda homiylar orasidan 2 nafar a'zo kirişi kerak. Kengaş a'zolari teng huquqli, 1 ovozga ega bölib, oçiq ovoz beradilar (oşkora).
 
Maktab direktori, uning örinbosarlari va mazkur mansabdor şaxslarning yaqin qarindoşlarini kengaşga saylaş taqiqlanadi.
 
Kengaşlarning asosiy vazifalari:

• Xalq ta'limi vazirligi va uning hududiy boşqarmalari tomonidan tavsiya etilgan nomzodlardan ta'lim muassasasi rahbarini saylaş, şuningdek, belgilangan tartibda uni egallab turgan lavozimidan ozod etiş haqida takliflar kiritiş;
• ta'lim muassasasini rivojlantirişning ustuvor yönalişlarini belgilaş;
• ta'lim muassasasi rahbarining muassasa faoliyatini takomillaştiriş, moliyaviy-xöjalik holati, daromadlar va xarajatlar, budjet, budjetdan taşqari, homiylik va boşqa mablağlardan foydalaniş böyiça körilgan çora-tadbirlar töğrisidagi hisobotlarini vaqti-vaqti bilan tinglaş;
• ta'lim muassasasi rahbarining taqdimnomasi böyiça yillik moliyaviy rejalarni, körsatilayotgan pullik xizmatlar narxining miqdorlarini va muassasa mulkidan foydalanganlik uçun ijara haqi miqdorini, şu jumladan auksiondagi boşlanğiç narxni körib çiqiş va tasdiqlaş;
• öquvçilar uçun yaratilgan şaroitlar ustidan tizimli ravişda monitoring örnatiş;
• öquvçilar va ular ota-onalarining murojaatlarini körib çiqiş, ta'lim muassasasining pedagog va rahbar xodimlari faoliyati töğrisida ijtimoiy sörovlarni ötkaziş;