Portugaliyaning «Nasonal» klubi Özbekiston terma jamoasi yarimhimoyaçisi Sardor Raşidov transferini e'lon qildi.
«Lokomotiv»ning sobiq futbolçisi yangi klubi bilan 2,5 yillik şartnomani imzoladi.
«Nasonal» klubi matbuot xizmati xabariga köra, Raşidovda Qatar, Saudiya Arabistoni va BAA klublaridan taklif bölgan. Ammo u Yevropada töp tepişga qaror qilgan.
Ma'lumot örnida, Sardor Raşidov faoliyatida «Bunyodkor», Qatarning «Al-Jayiş», BAAning «Al-Jazira» klublarida ham öynagan. Özbekiston terma jamoasi safida 46ta öyinda maydonga tuşib, 12ta gol urgan.
Madeyra orolining «Nasonal» klubi Portugaliya çempionatining 17 turidan söng, 19 oçko bilan 18ta jamoa içida 12-örinni egallab turibdi.
















