Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nukus aeroportida «Ochiq osmon» rejimi joriy etilmoqda
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi hududlari, xususan, Qoraqalpog‘iston hududi ijtimoiy-iqtisodiy mavqeini yuksaltirish maqsadida, Nukus aeroportida «Ochiq osmon» rejimi joriy etilmoqda. Bu haqda Davavianazorat matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu rejimga muvofiq, havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo Bitimlar asosida tayinlangan xorijiy aviakompaniyalarga parvozlar sonini
Nukus aeroportiga cheklovsiz amalga oshirish imkoni beriladi.
Parvozlar havoning 5-erkinlik huquqisiz qayd etilgan Bitimlar doirasida Nukus aeroporti texnik imkoniyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Nukus aeroportida «Ochiq osmon» rejimi IATA (Havo transporti xalqaro assotsiatsiyasi) «2019 yil-Yoz mavsumi»dan boshlab IATAning «2021-2022-Qish mavsumi»gacha amal qiladi.
Ushbu masala bo‘yicha Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining O‘zbekiston Respublikasi bilan havo qatnovi sohasida xalqaro shartnomalar imzolagan xorijiy davlatlarning aviatsiya ma'muriyatlariga diplomatik kanallar orqali tegishli bildirishnomalari yuborilgan.
Mavzuga oid
21:12 / 02.03.2026
Dubayning ikki aeroporti dushanba kuni kechqurun cheklangan rejimda ish boshlaydi
14:08 / 02.03.2026
Ayrim hududlar aholisiga bog‘cha puli kamaytirib beriladi
14:44 / 24.02.2026
Toshkent xalqaro aeroportida qushlar xavfiga qarshi lochinlar jalb etildi
09:24 / 13.02.2026