Özbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogi guruh bosqiçining sönggi turida Yaponiyaga qarşi maydonga tuşadi. Pley-off yöllanmasini hal qilib olgan jamoalar endi guruh ğolibi masalasiga oydinlik kiritişadi. Öyindan bir kun oldin, 16 yanvar kuni jamoa uçraşuv bölib ötadigan Al-Ayndagi «Xalifa bin Zayd» stadionida rasmiy maşğulotlarni ötkazdi.

Tas-IX

YouTube

Jamoalarning özaro öyinlari statistikasi köpçilikka ma'lum. Hozirga qadar Özbekiston Yaponiyani faqat bir marotaba – 2012 yilning fevral oyida JÇ saralaşi doirasida mağlub eta olgan. Toyota şahridagi öşa öyinda mezbonlarni 40 mingdan ortiqroq muxlis qöllab turgan, şunga qaramay yaponlar Aleksandr Şadrinning goliga javob qaytara olişmagandi.

Jamoalar hozirga qadar 10 marotaba uçraşgan. Yaponiya 1997 yilgaça ötgan ilk uçta öyinda ğalaba qozonganidan keyingi davrda hali biror marta ketma-ket ikkita bahsda Özbekistonni mağlub eta olmagan. Yagona ğalabadan taşqari özbekistonliklar 3 marta durangga erişişgan, 6ta öyinda yaponlarning qöli baland kelgan. Töplar nisbati – 9:28.

Qayd etiş kerak, Yaponiya Osiyo Kubogi guruh bosqiçi doirasida sönggi marta 2011 yilgi çempionatning ilk turida oçko yöqotgan edi (Iordaniya bilan durang öynalgan). «Samuraylar» qit'a birinçiligi guruh öyinlarining şundan keyingi 7ta öyinida faqat ğalaba qozonib kelmoqda. Şuningdek, JÇ-2018 nimçorak finalidagi Belgiyadan qabul qilingan mağlubiyatdan keyin ötgan 7ta uçraşuvdan buyon Yaponiyani mağlub etadigan jamoa topilmayapti (6 ğalaba va 1 durang). Yaponlar Osiyo Kubogida eng köp marta – 4 karra çempionlikka erişganini ham ta'kidlaş zarur.

Eslatib ötamiz, Yaponiya–Özbekiston öyini bugun, 17 yanvar kuni Toşkent vaqti bilan soat 18:30da start oladi.

Özbekiston terma jamoasi Yaponiya bilan öyinga tayyor (fotoreportaj)