Yamayka banki iste'mol narxlariga nisbatan siyosati haqidagi ma'lumotni tarqatişning nostandart uslubiga murojaat qilişga qaror qildi: bu davlatda videoroliklar çiqarildi, ularda raqqoslar va qöşiqçilar reggi uslubida «past inflatsiya» bilan maqtanadi. Bu haqda Bloomberg agentligi yozmoqda.
Yamayka bankining kampaniyasi 2018 yil dekabrida boşlangan. Videoroliklar mahalliy televideniyeda namoyiş etildi va bankning tvitterdagi sahifasida joylaştirilmoqda, şuningdek, mamlakat böylab reklama şçitlarida bas-gitaralar hamda boşqa musiqiy asboblarning quyidagi yozuvdagi tasvirlari paydo böldi: «Iqtisodiyot uçun past va barqaror inflatsiya - reggi uçun xuddi bas yönalişdek».
«Biz odamlar e'tiborini jalb qilişga harakat qilmoqdamiz. Inflatsiya - har bir fuqaroning işi va biz u haqiqatan ham har bir kişi işiga aylanişini istaymiz», - dedi kampaniyani öylab topgan bank xodimi.
Low and stable inflation is to the heartbeat of the economy! #BOJspeaks #InflationTargeting pic.twitter.com/6g9t2FovH7
— Bank of Jamaica (@CentralBankJA) January 9, 2019
Tadqiqotlar va iqtisodiy rivojlaniş böyiça gubernator örinbosari Ueyn Robinsonning fikriça, reggi - Yamaykaning taşrif qoğozi, «musiqa esa bizning DNKda bor». Noyob yondaşuv inflatsiya masalasiga aholi e'tiborini tortiş imkonini beradi.
«Past va barqaror inflatsiya - bu iqtisodiyotning yurak urişi!» - deyiladi bank tvitterida e'lon qilingan sönggi videorolikda.
2018 yil oktyabrida Yamayka hukumati qonun loyihasini taqdim etdi, unga muvofiq inflatsiyani targetlaş mamlakat markaziy banki mandatining asosiy maqsadi hisoblanadi. 2017 yil sentyabridan beri bank 4-6 foizli manzilli körsatkiçni saqlab qoldi va yangi strategiyasi orqali pul-kredit siyosati böyiça kommunikatsiya hamda hisobotlarni yaxşilaşga umid bildirdi.












