Bugun Osiyo kubogida guruh öyinlari öz yakuniga yetadi va milliy jamoamiz sönggi uçraşuvida maydonga tuşadi. Şu örinda taşkilotçilarning taqvimni tuzişda biroz notöğri yondaşganliklarini ta'kidlaş joiz. Ya'ni, taqvimga köra, har bir guruhdagi reytingi kuçli ikki jamoa dastlabki ikki turda reytingi past ikki jamoa bilan navbati bilan öynaşi közda tutilgandi. Tabiiyki, aksariyat guruhlarda favoritlar ğalaba qozonişdi va rasman keyingi bosqiç masalasini hal qilişdi. Ammo masalan, favoritlar töqnaşuvi avvalgi turlarga mos kelganda yoki reytingi pastroq klub favorit bilan zaxiradagi oçkolari bilan töqnaş kelganida, öylaymanki, öyinlar qiziqroq bölardi. Masalan, Özbekiston va Yaponiyaning 1-turda röpara kelişini tasavvur qiling.
Hozir esa, Özbekiston va Yaponiya keyingi bosqiç yöllanmasini hal qilib bölişgan. Ammo intriganing butunlay yöqligini aytib bölmaydi, zero guruhdagi birinçi va ikkinçi örinlar taqsimlanadi, bu esa, albatta, jamoalarning keyingi taqdirlariga ham ta'sir qiladigan omil. Xöş, bu örinlar bizga nima beradi?
Birinçi örin egasi nisbatan osonroq raqiblarga tuşadi.
Bizning guruh ğolibi Ye guruhidagi ikkinçi jamoaga qarşi maydonga tuşadi. Bu raqib Saudiya Arabistoni va Qatar bölişi mumkin. Saviya jihatidan bir-biriga mos jamoalar. Saudiya Arabistoni terma jamoasini biz ötgan Osiyo kubogida mağlub etganmiz. Qatar ham biz uçun juda qulay raqib, Jahon çempionati saralaş öyinlari va Osiyo Kuboklarida bir neça bor töqnaş kelib, umumiy ustunlik biz tarafda.
Guruhda 2-örinni oladigan bölsak esa, Avstraliya bilan öynaymiz. Albatta, bu safar Avstraliya u qadar dahşatli körinmayapti, ammo biz bu jamoaga qarşi öyinlarda şu paytgaça oçko oliş, ğalaba qozoniş tugul, birorta gol ham ura olmaganimizni ta'kidlagan bölardim. Ya'ni nimçorak finaldagi raqiblar nuqtai nazaridan guruh ğolibi böliş birmunça qulay.
Faqat 1/8 final emas, keyingi yuriş haqida öylasak ham, şu xulosada qolamiz. Sababi, agar guruh ğolibi bölib, 1/8 ni ham yutadigan bölsak, çorak finalda bizni xuddi Osiyo Kubogi-2011 kabi, Iordaniya qarşi oliş ehtimoli katta. Xullas, guruh ğolibi böliş bizga hatto yarim finalga borgunça osonroq “yölak”ni taqdim etadi. Faqat yarim finalda bizni katta ehtimol bilan Eron terma jamoasi kutib turişi mumkin.
2-örinni olsak, ya'ni Yaponiyaga yutqazadigan bölsak, çorak finalda ham kuçli raqibga qarşi öynaymiz. Avstraliyani yutib, u yerga borganimizda bizga maydon egalari BAA terma jamoasi röpara keladi. Tarixda maydon egalariga qarşi öyinlarda yaxşi statistikaga ega bölsak-da, baribir, pley-off bosqiçida mezbonlarga duç keliş ança noqulay.













