Filippinning eng boy odami, biznes-magnat, SM Investmens Corporation (SMIC) kompaniyasining faxriy raisi Genri Si 19 yanvar ertalab 94 yoşida hayotdan köz yumdi. Bu haqda The Philippine Star naşri ma'lum qildi.
“U yaxşiroqqa aylangan dunyoni tark etayotganini bilgan baxtli inson edi. U Filippin çakana savdosi, banking va köçmas mulki ramzi bölgan. Eng asosiysi, u ğamxör ota va xudojöy odam edi. Men uni soğinib qolaman”, deb aytgan SMIC direktorlar kengaşi raisi Xose Sio.
Milliarderning vafot etgani kompaniyaning rasmiy bayonotida ma'lum qilingan, bu xabarni uning oilasi tasdiqlagan. Tadbirkor uyqusida vafot etgan, boşqa tafsilotlar keltirilmagan.
Si Forbes jurnali talqiniga köra, 18,3 mlrd dollarlik boylik bilan 2018 yilda Filippinning eng badavlat odamlari röyxatiga yetakçilik qilgan.
Genri Si xitoy va filippin ildizlariga ega biznes-magnat, sarmoyaçi va saxovatpeşa inson bölgan. U köçmas mulk, banking, ta'lim, soğliqni saqlaş va boşqa sohalarda faoliyat yuritgan. SM Prime Holdings kompaniyasiga asos solgan.












