Angliya çempionati 23-tur markaziy öyini nihoyasiga yetdi.
Unda «Arsenal» öz maydonida «Çelsi»ni qabul qilib, işonçli ğalaba qozondi – 2:0.
14-daqiqada Lyakazett hisobni oçgan bölsa, ikkinçi gol 39-daqiqada Koselni tomonidan kiritildi.
Mauritsio Sarri jamoasi raqib darvozasi tomon 13 zarba yöllagan, şundan faqat bittasi darvoza sohasiga töğri borgan. Birinçi bölimda «köklar» darvoza tomon bitta ham aniq zarba yöllay olişmadi. Faqat 82-daqiqada Markos Alonso darvoza tomon zarba berdi, ammo Leno özini körsatdi. Bu «Çelsi»ning Sarri boşqaruvidagi eng yomon körsatkiçdir.
«Arsenal»da esa zarbalar soni jami 13tani taşkil etdi, şundan 5tasi Kepa Arrisabalaga qöriqlayotgan darvoza tomon töğri bordi.
Qayd etiş kerakki, öyinning ilk 14 daqiqasidayoq Unai Emeri şogirdlari ispaniyalik darvozabonni 5 marta bezovta qilişgan. Taqqoslaş uçun, jamoa bir oy oldin «Brayton»ga qarşi keçgan öyin davomida atigi 7 zarba berişgandi.
Endilikda, beşinçi örindagi «Arsenal» turnir jadvalida törtinçi örindagi «Çelsi»ni 3 oçkolik farq bilan ta'qib qilmoqda.
Angliya çempionati
23-tur
Arsenal – Çelsi 2:0
Gollar: 1:0 – 14 Lyakazett, 2:0 – 39 Koselni.
Arsenal – Leno, Papastatopulos, Kolaşinats, Belerin (El-Nenni, 72), Koselni, Torreyra, Djaka, Genduzi, Remzi (Meytlend-Naylz, 67), Obameyang, Lyakazett (Ivobi, 68).
Çelsi – Arrisabalaga, Ryudiger, Alonso, Aspilikueta, David Luiz, Azar, Kante, Pedro (Xadson-Odoi, 80), Kovaçiç (Barkli, 63), Villian (Jiru, 68), Jorjino.
Ogohlantirişlar: David Luiz (37), Barkli (90).












