19 yanvar kuni Prezident Adminstratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov va boş vazir Abdulla Aripov raisligida videoselektor yiğilişi bölib ötdi.

Z. Nizomiddinov yiğiliş kun tartibidan örin olgan Davlat rahbarining “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça sektorlar faoliyatini yanada takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori va “Aholi muammolari bilan işlaş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida” gi farmonining ijrosi masalalarini tahlil qiliş mobaynida bir qator viloyatlardagi sektorlar faoliyatini tanqid ostiga oldi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar qildi.

Prezident Adminstratsiyasi rahbari öz ma'ruzasida, “Ba'zi hududlarda mavjud muammolarni yöl xaritasiga kiritib, viloyat, respublika darajasida hal etiş masalalari töliq yeçimini topmagan. Sektorlar faoliyatini taşkil etişda ham kamçiliklar közga taşlandi. Misol uçun Namangan viloyatida “Sektorlar faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi viloyat hokimining qarorida sektorga umumiy tarzdagi vazifalar yuklangan bölib, ştabning har bir a'zosi nima iş qilişi va aniq vazifalari belgilanmagan. Namangan viloyati, Kosonsoy tumanida faqat sektor böyiça ştab navbatçisining vazifalari belgilangan. Qaşqadaryo viloyatida esa, tuman sektorlarining işi respublikadan vakillar örgangani kelgandagina taşkil etilgan. Viloyat ştabi faoliyati ham qoniqarsiz. Sektor rahbarlarining hisobotida 2018-yilda 21819 murojaat hal etilgani körsatilgan bölsa-da, Qaşqadaryo viloyatidan Prezident Adminstratsiyasi va Xalq qabulxonasiga köplab murojaatlar kelib tuşgan”, deya ta'kidlagan.