Halol kasbning yaxşi-yomoni bölmaydi. Ammo turli kasblar öz egalariga turliça daromad keltiradi, bu tabiiy. Xöş, bugungi kunda Özbekistonda an'anaviy yirik sohalardan taşqari qaysi kasb egalari yaxşi pul topişmoqda?
Bolalardan kelajakda kim bölişni istaşlari haqida sörasangiz bir neça standart javoblardan birini eşitasiz: şifokor, huquqşunos, biznesmen, ayrimlari öqituvçi... Lekin bir qaraşda köz ilğamaydigan, omma nazariga tuşmaydigan şunday kasb-hunar egalari borki ularning daromadlari biz nufuzli deb hisoblaydigan soha vakillarinikidan kam emas.
«Köp qavatli uyda turaman. Uyimda quvur yorildi va özimning hamda qöşnimning uyiga suv toşib ketdi. Şunça qidirsak ham darrov yetib kela oladigan santexnik topa olmadik. Farzandlarimizni kundalik zarur böladigan kasblarga örgatmayotganimizni yana bir bor anglab yetdim», - degan edi Xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatov tadbirlardan birida.
Haqiqatdan biz omma nazarida nufuzli hamda daromadli hisoblangan sohalar ketidan quvib, deyarli har kuni işimiz tuşadigan santexnik, elektrik, maişiy texnika sozlovçi kabi kasblarni unutib qöyayozdik, kimdir öz farzandini şu sohalarga örgatayotganiga guvoh bölsak ustidan kular darajaga yetdik.
Lekin oddiy santexnik misolida bir öylab köraylik – şaharlarda, ayniqsa köp qavatli uylarda yaşaydiganlar orasida ularga işi tuşmaydigan odam bormi? Zarurat tuğilganda bir amallab, iltimoslar qilib çaqiramiz, örtaça yarim soatlik işiga 40-50 ming sömni rozi bölib tölaymiz. Xöş, aytaylik poliklinikada işlayotgan, bemorni kamida yarim soat tekşirib, muolaja tayinlagan, himmatimizdan umidvor bölib turgan şifokorga 10 ming söm qistiramizmi, yöqmi? Qistirsak ham poraxördan olib yulğiçga solamiz, norozi bölamiz.
Yoki biror quriliş ularsiz bitmaydigan elektriklarni olaylik. Oliy ma'lumot şart emas, alohida kabinet-u şaroit kerakmas. Borgan joyidan egasini rozi qilib haqini oladi. Bugungi kunda quriliş va ta'mirlaş ketayotgan xonadonlardagi bitta «nuqta» («toçka») uçun kamida 30-40 ming söm olişadi. Bu bitta xonada örtaça 4-5ta, butun xonadonda 20-25ta «nuqta» demakdir. Mohir elektrik bu işni ikki kunda bitirib ketadi. Xöş, budjetning qaysi xodimi haqqoniy yöl bilan bunaqa pul topyapti?
Maişiy texnika sozlovçilar, avtomobillarga texnik xizmat körsatuvçilarning ham kiyim-boşlarini körib burnimizni jiyiramiz. Ammo işimiz tuşganda xizmat haqlaridan hayratda qolamiz. Eng muhimi, ular heç kimga qaram emas, kundalik majlislardan xoli, sidqidildan işlasa mijozi köpayaveradi, kunlik muntazam tuşumi bor. Öylab köraylik-çi, nega bu kasblar egalariga havas qilmasligimiz kerak?

















