Toşkent şahri Yunusobod tumani oçiq sud majlisida tumandagi 2-sonli Bolalar-ösmirlar sport maktabi elektrigi B.R. işi körildi, deb yozmoqda JIB Yunusobod tuman sudi sudyasi Abbosxon Şomahmudov «Huquq» naşrida.
B.R. maktabda elektr xavfsizligini ta'minlaşga mas'ul bölgan şaxs sifatida suziş basseyniga örnatilgan havo namligini quritib va isitib beruvçi «CHKA WAI» elektr qurilmasini normativ tarzda belgilab qöyilgan qoidalarga mos va ularga rioya qilgan holda texnik ekspluatatsiya qilişga javobgar bölsa-da, vazifasiga nisbatan beparvo munosabatda bölgan. Ya'ni elektr qurilmasining taşqi qobiq qismidan yerga ulaniş işlari bajarilmagani natijasida qurilmaga keladigan elektr toki taşqi hududga tarqalib, suziş basseynida maşğulotlar bilan şuğullanuvçi ösmirlar hayotiga xavf soluvçi manbaga aylangan. Bu esa bir insonning hayotdan bevaqt köz yumişiga sabab böldi.
Sport maktabining suziş basseynida şuğullanayotgan maktabning 11 yoşli öquvçisi J.Yu. basseyndan çiqib, elektr qurilmasining oldiga kelganida suzişda foydalanadigan közoynagi yerga tuşib, sirpanib, qurilmaning tagiga kirib ketadi. Ösmir yigitça elektr qurilmasi ostidan közoynagini olmoqçi bölganida uni elektr toki urib, körsatilgan birinçi tibbiy yordamga qaramasdan, şu yerning özida vafot etgan.
B.R. Özbekiston Respublikasi JKning 116-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Özbekiston Respublikasi JKning 72-moddasiga asosan tayinlangan ozodlikdan mahrum etiş jazosi şartli hisoblanib, 2 yil sinov muddati belgilandi.

















