Bugun, 20 yanvar kuni Osiyo Kubogida nimçorak final öyinlari boşlanadi.

Pley-offning birinçi kunida 3ta öyin bölib ötadi va çorak finalning dastlabki iştirokçilari aniqlanadi.

Dastlab B guruhi ğolibi, Avstraliyani ikkinçi örinda qoldirgan Iordaniya D guruhida uçinçi örinni olib nimçorak finalga çiqqan Vetnamga (vetnamliklar Livanga nisbatan bitta kam sariq kartoçka olgani evaziga pley-offga çiqişdi) qarşi öyin ötkazadi. Uşbu öyin Toşkent vaqti bilan soat 16:00da, Dubaydagi «Al Maqtum» stadionida boşlanadi.

C guruhida Janubiy Koreyadan keyin ikkinçi bölgan Xitoy esa çorak final yöllanmasi uçun Tailandga qarşi (tailandliklar A guruhida BAAdan keyingi ikkinçi örinni egallaşgan) maydonga tuşadi. Bu bahs Al Ayn şahridagi «Hazza Bin Zayd» stadionida, Toşkent vaqti bilan soat 19:00da boşlanadi.

Kunning uçinçi öyini turnir favoriti, D guruhida peşqadam bölgan Eron hamda Özbekiston bilan guruhda uçinçi bölgan Ummon örtasida keçadi. Bu öyin Toşkent vaqti bilan soat 22:00da, Abu Dabi şahridagi «Muhammad Bin Zayd» stadionida boşlanişi belgilangan.

Nimçorak final öyinlari 21-22 yanvar kunlari ham davom etadi. Çorak final bahslari 24-25 yanvar kuni bölib ötadi.