Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandlarning onalariga nafaqa 55 yoshga yetganida tayinlanadi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqidagi 2011 yil 7 apreldagi 107-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqidagi 2011 yil 7 apreldagi 107-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
Pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomning nomlanishi quyidagi tahrirda bayon qilinadi:
“Pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan qariyalarga, mehnatga layoqatsiz fuqarolarga hamda bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandlarning onalariga nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom”.
1-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinadi:
“Ushbu Nizom “Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat pensiyasi tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan qariyalarga, mehnatga layoqatsiz fuqarolarga va bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandlarning onalariga har oylik nafaqalar (keyingi o‘rinlarda nafaqa deb ataladi) tayinlash va to‘lash tartibini belgilaydi.”.
6-band quyidagi tahrirda bayon qilinadi:
“6. Yoshga doir nafaqa:
erkaklarga – 65 yoshga yetganlarida;
ayollarga – 60 yoshga yetganlarida;
bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandlarning onalariga – 55 yoshga yetganlarida tayinlanadi.”.
8-bandda:
birinchi xatboshidagi “Ish stajiga ega bo‘lmagan shaxsga” degan so‘zlardan keyin “(bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandlarning onalaridan tashqari)” degan so‘zlar bilan to‘ldiriladi.
Quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldiriladi:
“Bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandlarning onalariga yoshga doir nafaqa, farzandi bolalikdan nogiron deb e'tirof etilganligi to‘g‘risidagi Tibbiy-maslahat komissiyasining (TMK) tibbiy xulosasi yoki Tibbiy mehnat ekspertiza komissiyasining (TMEK) ma'lumotnomasi bilan tasdiqlangan taqdirda tayinlanadi.”.
18-band quyidagi mazmundagi “v-1” kichik xatboshi bilan to‘ldiriladi:
“v-1) bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandlarning onalariga yoshga doir nafaqa tayinlashda – bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandining tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi, farzandi bolalikdan nogiron deb e'tirof etilganligi to‘g‘risidagi TMK tomonidan berilgan tibbiy xulosasi yoki TMEKning nogironlik to‘g‘risidagi ma'lumotnomasining tegishli qismi”.
Mavzuga oid
18:34 / 26.04.2026
“Dacha”larning elektron bazasini yaratish va ijara narxlarini nazorat qilish rejalashtirilmoqda
21:32 / 07.04.2026
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi?
09:35 / 01.04.2026
Mobil tariflarga yangi talablar joriy etilishi mumkin
08:11 / 18.03.2026