Özbekiston terma jamoasi mana ikki öyindirki, Dostonbek Hamdamovning töp uzatişidan keyin hisobni oçmoqda. U Osiyo Kubogi ilk turida Ummonga qarşi uçraşuvda Sardor Raşidovning örniga zaxiradan maydonga tuşib, öyinni kuçaytira olgan edi. Keyingi bahslarda asosiy tarkibda öynab, dastlab Javohir Sidiqovga, söng Eldor Şomurodovga samarali pas uzatdi.

22 yoşli yarimhimoyaçi öng qanotda tobora mustahkam örin egallab boryapti. U birinçi turda zaxiradan öyinga qöşilganidan köp ötmay xavfli zarba yöllagan, ammo ummonlik darvozabon mahorat körsatib jamoasini goldan qutqarib qolgandi. Hamdamov Turkmanistonga qarşi öyinda ham raqib himoyaçilariga boşoğriq böldi: bu uçraşuvda Dostonbek darvoza tomon 4ta zarba yöllagan bölsa, şulardan 3tasini darvozabon qaytarib qoldi, yana bir uriniş noaniq çiqdi. Dastlabki golni urgan Javohir Sidiqovga ham aynan Hamdamov assistentlik qilgandi. Yaponiya bilan töqnaşuvga kelsak, Özbekiston termasining darvoza tomon ilk zarbasini Hamdamov ijro etdi, bundan biroz ötib u 16-daqiqada Şomurodovga juda qulay pas uzatganida Eldor töpni darvozadan ança balandga tepib yubordi. Ammo 40-daqiqada baribir şu ikki futbolçi jamoaning yagona goliga hammuallif bölişdi.

Hamdamov Osiyo Kubogida Özbekistonning eng köp dribling işlatişga uringan futbolçisi bölgani ham e'tirofga loyiq. U uçta öyinda 7 marta çiroyli harakat amalga oşirişga uringan. Şu bilan birga, Dostonbek raqib şerigiga pas taşlaşga uringan vaqtda töpni egallab oliş körsatkiçi borasida ham eng yaxşi natijaga ega: u 7 marta ana şu tarzda raqibdan töpni olib qöygan. Hamdamov terma jamoa safida hammadan köp (6 marta) fol işlatganini ham ta'kidlaş kerak. U, yuqorida aytib ötilgan ikkita golli pas böyiça ham yetakçi. Şuningdek, ikki marta (qolganlarda bir martadan oşmaydi) offsayd holatiga tuşgan.

Tas-IX

YouTube

Dostonbek Hamdamov – 1996 yilda Bekobodda tuğilgan. «Yangiyer» futbol maktabida tahsil olib, 13 yoşida «Bunyodkor» akademiyasiga qabul qilingan. Ösmirlar (2012) va olimpiya (2018) terma jamoalari miqyosida Osiyo çempioni. Ösmirlar (2013) va yoşlar (2015) örtasida Jahon çempionatlari iştirokçisi.