Ança yillar oldin, Abramoviçning pullari va Joze Mourino tufayli Angliyaning eng kuçli jamoasiga aylangan «Çelsi» Çempionlar ligasida «Betis»ga yutqazib qöygandi. Öşa kuni londonliklar rosa jazavaga tuşişgan, hakam bilan tortişuv, raqibga qarşi qöpolliklar avjiga çiqqan, xullas, mağlubiyatga çiday olişmagandi. Öşa uçraşuvni dadam bilan birga körgandik. «Çelsi» yutqazişni bilmas ekan», degan edi otam öyin tugagaç.
Umuman, yutqazişni ham biliş kerak, mağlubiyatdan keyin yanada kuçli bölamiz, omadsizliklar jamoani çiniqtiradi, tarzidagi gaplar köp aytiladi va menga biroz balandparvoz tuyuladi.
Mağlubiyat qaçon tajribani oşiradi?
Qaçonki, siz öşa mağlubiyatga tayyor bölmasangiz, öşa muvaffaqiyatsizlik sizni izdan çiqarib, baxsiz qila olsa...
Mağlubiyatdan ölimdan qörqqan kabi qörqsangiz…
Öşandagina aslida, siz uçun mağlubiyat ham darsga aylanadi…
Joze öşanda ilk oylardayoq «Çelsi»ga ğalaba qozonişni osonlik bilan örgatgandir, ammo mağlubiyatdan qörqişni örgatiş, ança qiyin, işonavering.
Bugun terma jamoamiz futbolçilari Osiyo kubogida Avstraliya terma jamoasiga qarşi maydonga tuşadi. Şu paytgaça darvozasiga hatto birorta ham gol urmaganimiz avstraliyaliklarga qarşi öyin öziga xos hayajon bilan kutilayotgani tabiiy. JÇ-2010 saralaşining oxirgi bosqiçida biz bilan bir guruhda töp surgan Avstraliya ilk özaro öyinda, Toşkentda 1:0 hisobida ğalaba qozongan va Rauf Inileyevning iste'fosiga sabab bölgandi. Keyin esa, javob öyinida 2:0 hisobi bilan yana ğalaba qozonişdi. Roppa-rosa 8 yil oldin bölib ötgan Osiyo Kubogi yarim finalida esa, Temur Jörayev darvozasiga javobsiz oltita gol yöllaşdi.
Vaziyat şunday. Statistika ham, boşqasi ham favorit kimligini aytib turibdi. Ehtimol, futbolçilarimiz munosib öynab, kiçik mağlubiyatga uçraşsa ham, heç kim ularni u qadar tanqid qilmaydi. Qilinsa ham, aslida Avstraliyani heç qaçon yutmaganimizni rökaç qilib, falokat bölmaganini aytuvçilar topiladi. Balki men ham öşa qatorda bölarman. Qisqasi, guruhdan çiqildi, raqib — Avstraliya. Demak, har qanday holatda ham turnir biz uçun öta muvaffaqiyatsiz hisoblanmaydi.
Balki, eng yomoni şu.
Mavzuga oid
Futbolçilar yoki murabbiylar raqibni qanday tanlaşadi, bilmadim-u, lekin biz jurnalistlar va muxlislar turnir boşlanganidan buyon, göyoki Avstraliyadan «qoçdik». Avvaliga, guruhimizdagi ikkinçi örin sohibi ularning guruhidagi ikkinçi jamoa bilan töqnaş kelişini-yu, biz yaponlardan oldinda bölmasligimizni taxmin qilib, Iordaniya yoki Suriyani kutdik. Ilk turdayoq iordaniyaliklar syurpriz qilgan paytdan boşlab, kayfiyatimiz tuşib ketdi ham — «endi guruhda birinçi böliş kerak, ana şunda Avstraliyaga tuşmaymiz». Bu haqida köp öyladik, gaplaşdik. Qarang, bu yerda Iordaniya Avstraliyani yengmoqda, biz esa, demak ularni yengsa bölarkan, deb xulosa çiqarişning örniga, hayiqdik. Bekor böldi şu iş, Avstraliya öz guruhida birinçi örinni olsa bölarkan, dedik. Qörqdik.
Bilasizmi, qörquv aslida juda yomon illat emas. Qörquv — bu aqlning borligiga işora, insonlarni kerak bölganda boşqaruvçi, kerak bölganda, tartibga soluvçi, töğri yölga boşlovçi tuyğu. Qörquvsiz qahramonlik bölmaydi.
Axir heç narsadan qörqmasangiz, qilayotgan işingiz qahramonlik emas-da. Qaçonki xavf bölgan paytda, biror oqibatdan qörqib turgan paytda ham, öşa qörquv bilan çekinmasangiz, baribir qilinişi kerak bölgan işni qilsangiz, ana şu haqiqiy qahramonlik böladi. Jasorat qörqmaslik emas, qörquv bilan ham öz maqsadidan qaytmaslik, nimanidir qurbon qiliş, qörquvni boşqara olişdir.
Biz muxlislar Avstraliyadan qörqayotganligimizning sababi şunda: biz keyingi bosqiçga çiqişni rosa ham istaymiz. Ya'ni aslida Avstraliyadan emas, ulardan yutqazib qöyişdan qörqamiz.
Agar yutqazib qöyişdan qörqmasak, raqibning nimasi qörqinçli? Axir bu boks emas, töqson daqiqa maydonga tuşiladi, futbol öynaladi. Qaçonki biz mağlubiyatdan qörqmasak, bu öyinni tomoşa qilişimiz, mağlubiyatdan söng, «ha endi, bular Avstraliya-ku, axir, şu paytgaça heç qaçon yutmaganmiz ham», deb televizorni öçirib, taqvimning bizga omadsiz kelib qolganini aytib, unutişdan osoni yöq. Ammo biz qörqyapmiz, çunki yutişni juda istaymiz. Istaganimiz bölmay qolişi ehtimoli borligidan xavotir olyapmiz.
Rost, keyinçalik, aslida Avstraliya biz uçun arablardan köra qulayroq bölişi mumkinligi haqida turli fikrlar öylab topdik, asoslaşga harakat qildik. Özimizni ovutmoqçi böldik göyo. Lekin bilasizmi, bu ham ozgina qörquv tufayli, çunki tasavvur qiling, agar sönggi turda Yaponiyani yutganimizda, biz uç oçkoga emas, nimçorak finalda Avstraliyadan qutulganimizga şukr qilardik, töğrimi? Ha!
Sabr degan tuşunça bor, bilasiz-a? Ba'zida bu sözni sal notöğri tuşunamiz, işlatamiz. Sabr deganda oldimizda turgan qiyinçiliklarga, muammolarga çidamlilik, har qanday şaroit va holatlarga özimizni rozi qiliş, aniqroği, harakatsizlik tuşuniladi.
Yöq, aslida sabr degani — bu harakatsizlik emas. Sabrning haqiqiy ma'nosi maqsad yölida mardonavor kuraşiş, ana şu kuraş natijasida oldimizga çiqişi mumkin bölgan turli qiyinçiliklarga çidaşdir. Sabr non yöqligi uçun uyda oç ötiriş emas, öşa nonni qidirib, izğirinda köçaga çiqiş va sovuqqa, yöl azobiga bardoş berişdir. Ana öşa sabrning haqiqiy mukofoti beriladi, menimça. Çunki non yöqligi uçun oçlikka çidagan odamning qorni töyib qolmaydi. Şunçaki, hammasi tugaşini kutadi, xolos.
Nima deb öylaysiz, futbolçilarimiz ham Avstraliyadan qörqişarmikin? Masalan, Suriya bilan Avstraliya öynagan kuni, sönggi daqiqalar öta intriga bilan ötayotgan paytda, biznikilar ham Suriyaga muxlislik qilgan bölişlari ehtimol. Xuddi bizga öxşab, Avstraliya emas, Suriya bilan öynaşni istagan bölişlari haqiqatga yaqin. Ammo bu qörquvmi, agar şunday bölsa, raqibdanmi yoki turnirni erta tark etib qöyiş xavfidanmi, bilmadim.
Qaniydi qörqişsa! Oçiği, men şuni juda istardim. Heç narsadan qörqmay, yuqori kayfiyatda maydonga tuşib, har qanday holatga ruhan tayyor holda öynaşlarini xohlamasdim. Qaniydi futbolçilarimiz avstraliyalik futbolçilardan, ularning kuçidan, kombinatsiyalaridan emas, ularga yutqazib qöyişdan juda qörqişsa. Öyinning özidan emas, öyindan keyingi oqibatdan xavotirga tuşişsa. Mağlubiyatdan söng, hammasi tugaydi, deb emas, hammasi boşlanadi, deb tuşunişsa…
Axir bugungi vazifaga, maqsadga vijdonan yondoşgan har bir futbolçi mağlubiyatdan emas, uning oqibatidan qörqadi, ya'ni, jamoamizning turnirni tark etişi, muxlislar oldida uyaliş, alam va uqubatlar juda oğir bölişini öylagan sari vahima bosaveradi. Ana öşa futbolçi sabr qiladi, töqson daqiqa maydonda borini beriş orqaligina maqsadga erişiş mumkinligini biladi.
Nima ham derdik, aziz futbolçilar, sizga bugun faqat qörquv yordam beradi. Qörqing! Mağlubiyatga uçraş siz uçun oddiy, mantiqiy yakunga öxşab turmasin. Bugun mağlubiyatni oğir qabul qila olmasangiz, undan qörqmasangiz, ertaga heç qanday ğalaba bölmaydi. Yutqazişni, bugun turnirni tark etişni aqlingizga siğdira olmang, bunday oqibatni tasavvur qilganingizdayoq, sizni titroq bossin!
Ana şundagina qahramon bölasiz. Zero, jasoratning şarti qörquvning yöqligi emas, borligi va uni yengişdir.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi