“Termiz” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, “Termiz” EIZning asosiy vazifalari va faoliyati yönalişlari quyidagilar hisoblanadi:
• “Termiz” EIZni rivojlantiriş davlat dasturlarining töliq va öz vaqtida bajarilişini ta'minlaş;
• “Termiz” EIZ hududida alohida huquqiy rejimga rioya etilişini ta'minlaş;
• Surxondaryo viloyati erkin iqtisodiy zonalar va kiçik sanoat zonalarining ma'muriy kengaşi tomonidan qabul qilingan qarorlarga asosan “Termiz” EIZ qatnaşçilarini röyxatdan ötkaziş va ularning reyestrini yuritiş, ularga tegişli guvohnomalar beriş;
• investorlar bilan investitsiyalar kiritiş tögrisida bitimlar tuziş;
• “Termiz” EIZ hududida investitsiya loyihalarini amalga oşiriş uçun xorijiy va mahalliy investorlarni qidiriş va ular bilan işlaş;
• belgilangan tartibda tanlab olingan investorlar tomonidan öz zimmalariga qabul qilingan majburiyatlarning zarur tarzda bajarilişini tizimli nazorat qiliş, keyinçalik natijalarni Ma'muriy kengaşga takdim etiş;
• “Termiz” EIZ qatnaşçilariga, şu jumladan davlat organlarida ularning manfaatlarini ifodalaş yöli bilan xizmatlar körsatiş;
• “Termiz” EIZ hududida infratuzilma obektlarini taşkil etiş va ularning faoliyat yuritiş jarayonlarini muvofiqlaştiriş;
• “Termiz” EIZ hududidagi yer maydonlarini va köçmas mulk obektlarini boşqariş.
Hujjat bilan “Surkhan Global Trade” MÇJ Direksiyaning yagona ta'sisçisi hisoblanişi hamda “Termiz” EIZ hududida töğridan-töğri investitsiyalarni, şu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş hisobiga investitsiya loyihalarini amalga oşirişni nazarda tutuvçi faol investitsiya siyosatini amalga oşirişi va muvofiqlaştirişi belgilab qöyildi.
Öz binolari qurilgunga qadar Direksiya Surxondaryo viloyati Termiz tuman hokimligining binosidan tekin foydalaniş huquqi bilan xizmat xonalari bilan ta'minlanadi.












