Osiyo Kubogida nimçorak finalda kuraşni töxtatdik. Bu biz uçun yaxşi natija emas, 2004 yildan beri futbolçilarimiz guruh bosqiçini muntazam hal qilib kelişgan. Hatto oldingi turnirlarda kamroq jamoa qatnaşganligidan, guruhlarimiz ham nisbatan kuçliroq bölgani ham şubhasiz. Xöş, nimaga erişildi Kuper bilan? Agar natija öşa holatda qolgan bölsa, biz yana nimalarga ega böldik özi? Maşhur latifadagidek, poyezdga bir soat keç qoliş bilan ikki soat keç qoliş örtasida farq bormi?

2011 yilgi «Boxing Day» bayrami kuni keçqurun Ueyn Runi rafiqasini va jamoadoş döstlari Gibson va Evansni olib, tungi klubga çiqadi. Ertasi kungi maşğulotlarda bu uç futbolçining holati Aleks Fergyusonga yoqmaydi va bir kun oldingi maişatdan ham xabar topgaç, ularni 31 dekabr kuni bölişi kerak bölgan «Blekbern»ga qarşi öyin qaydnomasidan öçirib taşlaydi. Şundoq ham tarkibda muammolarga (masalan, Vidiç va Ferdinand jarohat olgan, Evansning yöqligi tufayli esa, öşa kuni himoya markazida yoş Fil Jons va yarim himoyaçi Kerrik öynagan) ega bölgan jamoaga bu uç yöqotiş ham salbiy ta'sir körsatadi va «Blekbern» 3:2 hisobida ğalaba qozonadi. 

Öşanda «Mançester Yunayted» Angliyada çempionlik uçun kuraşayotgandi. Mavsum oxirida «MYu» va «Mançester Siti» bir xil oçko töplagan va faqat töplar nisbati böyiça «Siti» çempionlikni ilib ketgandi. «Blekbern» bilan öyinda qölga kiritilişi kerak bölgan oçkolar, amalda «MYu»ni sovrindan mahrum qilganini qarang. Fergyuson öşa qarori yakuniy natijaga ta'sir qilgani haqida öylab puşaymon bölganmikin? Nima deb öylaysiz?

Menimça, yöq. Haqiqiy murabbiy, kuçli murabbiy natijaning ketidan quvib, öz prinsiplaridan voz keçmaydi, aksinça, ayni öşa paytda qabul qilişi mumkin bölgan eng töğri qarorni qabul qiladi. Tamom. Agar hammasi mana şu ölçovlar asosida ketsa, natija ham, ösiş ham albatta böladi. Yuqoridagi hikoyadagi kemtik joyi ham şu: Runi va uning şeriklari Fergyuson boşçiligida keyingi mavsumni 12 oçkolik farq bilan muddatidan oldin çempionlik bilan yakunlaşdi. «Mançester Siti» esa, misol uçun, Teves, Balotelli mojarolari bilan öralaşib qoldi. Fergyuson töğri qilgandi.

Agar Avstraliyaga qarşi öyinda çap qanotimizda Vitaliy Denisov öynaganida, yaxşiroq natijaga erişişimiz mumkin edi, degan fikr mening xayolimdan ham ötdi, albatta. Öyin bölayotgan paytda, töp Zoteyev yoki Sayfiyevga kelganida, bir muddat ularning örnida Denisovni tasavvur qilib köring-da, yaxşiroq kross, yaxşiroq pas, yaxşiroq dribling, umuman kuçliroq öyinni köz oldimizga keltirişimiz juda oson. Denisov bu - Denisov.

Ammo hammasi bu darajada oson emas. Denisovning örnini faqat Denisovning örnidan qidirmang. Keling, sal kengroq öylab köraylik. Denisov va Runining holati bir-biriga öxşamaydi, töğri. Denisov tartibni buzmadi, xato qilmadi. Şunçaki, Kuper ayni paytda Osiyo Kubogiga Denisovni çaqirmaslikni töğri qaror deb bildi. Noxolislik yoki boşqa manfaat yöq, murabbiy qarori xolos. Kuperning qarori! Boşqa biror murabbiy, balki Gvardiola yoki Mourino Denisovni tarkibga jalb qilardi. Boşqa biror murabbiy, balki Klopp va Sarri jalb qilmasdi. Lekin bilasizmi, özbekistonlik Pro-litsenziyasini olgan barça 50 murabbiy, balki köproq, xullas hammasi, Denisovni tarkibga jalb qilgan bölardi.

Ya'ni, bu holatdagi ijobiy jihat şundaki, terma jamoamiz uçun beriladigan qarorlarda murabbiyning qarori, uning aynan futbol nuqtai nazaridan öylagan rejasi eng ustun jihat bölib qolmoqda. Yakunda bu qaror özini oqladimi, yoki oqlamadimi, bu boşqa masala.

Buni yuqoridagi usulda ölçab bölmaydi ham. Denisovning tarkibga olinmagani qolgan 23 futbolçiga qanday ta'sir qilişi mumkinligini bilasizmi?

«Futbolçining ötmişi, maşhurligi, nomi heç qanday ahamiyatga ega emas, Kuper uçun. Demak, ayni paytda kim özini körsata olsa, öşa maydonga tuşadi. Hatto Denisovdan voz keçildi-ku» – bu fikr har bir futbolçiga ta'sir qilgani aniq. Göyoki, terma jamoamizda almaştirib bölmas öringa ega bölgan Ahmedov, Nesterov, Ismoilov yoki boşqa futbolçilar ham, endi öz örinlari uçun qayğura boşlaşdi, sönggi yiğinda köproq ter tökişlariga töğri keldi. Yoki aynan şunday futbolçilar töp suradigan pozitsiyalardagi boşqa futbolçilar ham agar özlarini körsata olişsa, asosiy tarkibda öynaş imkoniyati borligini anglab yetişdi va yaxşiroq şuğullanişdi.

Agar Kuper ayni paytda kerak emas deb hisoblagan Denisovni baribir, kimningdir bosimidan yoki ertaga, natija bölmay qolsa tanqid qilinişidan qörqib, tarkibga jalb qilganda nima bölardi? Denisovga öxşagan boşqa futbolçilar tarkibdagi örni naqd ekaniga işonib qolib, bu qadar maşğulotlarga zör berişmasdi. Yoki şu pozitsiyalardagi boşqa futbolçilar, baribir tarkibda kimlar töp surişi, yetakçilar aniq ekanini hisobga olib, boşqaça munosabatda bölişardi.

Qarang, Şomurodov ikkinçi bölimda tuşganiga qaramasdan (Ummonga qarşi öyinda), öyinga tayyor edi, Bikmayevdan tarkibdagi örnini tortib oldi. Hoşimov, Hamdamov kabi futbolçilar Şoahmedov yoki Raşidovdan foydaliroq ekanliklarini aynan maydonda isbotlaşdi. Futbolçilarimiz Avstraliyadan ikki kun kamroq tiklaniş vaqtiga ega bölişganiga qaramasdan, 120 daqiqa tengma-teng yugurişdi, sönggi bölimda hatto yuqori pressing qilib, ustunlik qilişdi. Bularning barçasi aynan turnir oldidan ötkazilgan oğir maşğulotlar, terma jamoaga bölgan munosabat, qisqasi Denisovning şarofatidan emasmi?

Yoki Eldor Şomurodovni olaylik. Biz JÇ-2018 saralaşining boşidan oxirigaça yaxşi hujumçi yetişmasligidan, bunday muammo butun dunyoda borligidan yozğirib keldik. Sergeyevning gollariga emas, himoyaga yordam berayotganiga yoki himoyaçilarga bosim uyuştirayotganiga qaranglar, degan javoblarni tinglab keldik. Ayni öşa paytlarda ham bizda Şomurodov bölgan, ammo aynan Sergeyevga oldinda imkoniyat berilişi uçun, Eldor qanotlarda, tuşunarsiz pozitsiyalarda öynab yurganiga nima deysiz? Özbekiston terma jamoasi tarixida bir Osiyo Kubogida eng köp (4) gol urgan, umuman, BAAdagi turnirning hozirça eng yaxşi hujumçilaridan biri bölib turgan Eldor Şomurodov bir yil oldin ham bor edi-ku, ixtiyorimizda, töğrimi?

Çet ellik murabbiyning terma jamoamiz uçun ijobiy ta'siri haqida gap ketganda, bu «xamir uçidan patir». Men şunçaki, faqat bir jihatni misol keltirdim xolos. Uslub, taktika, hujumkorlik, himoyaga e'tibor qaratiş, ehtiyotkorlik – bularning hammasi keyingi darajadagi masalalar. Çunki, dunyodagi har qanday murabbiy ataylab, himoyaga yotib olmaydi. Öz jamoasining imkoniyatlaridan kelib çiqib reja qiladi.

Aslida, özini hurmat qilgan çet ellik murabbiy futbolimizga ança köproq narsa beradi, bermoqda. Terma jamoa muhiti, unga bölgan rahbarlarning, muxlislarning, futbolçilarning munosabati yuqoriroq bosqiçga kötarildi. Milliy terma jamoa rostan ham haqiqiy futbol jamoasiga, ya'ni faqat futbol nuqtai nazari va futbol manfaatlari boşqaradigan jamoaga aylandi. Buning uçun qandaydir olti oy yetarli böldi xolos.

Özbekiston FA terma jamoamizni rivojlantiriş, bir qadam yuqoriroq bosqiçga olib çiqiş uçun çet eldan murabbiy taklif qiliş qarorini qabul qilganida haq edi. Öşa murabbiy Ektor Kuper bölgani ham u qadar notöğri yeçim emasdi. Tan oliş kerak, argentinalik murabbiy qisqa vaqt içida terma jamoamizni özgartira oldi. Eng muhimi, jamoa töğri yönalişda harakatlanmoqda. Faqat himoyalaniş emas, töpni qanday saqlab turiş, nazorat qiliş borasida ham harakatlar sezilmoqda.

Mana şu yölni şartta kesiş va nimçorak finalga çiqişni özimizning murabbiylar ham eplardi, degan sayoz baho bilan yangi eski tizimga qaytib qolişni istamasdim. Bu nafaqat bugungi futbolimizni, balki kelajakdagi muhim qarorlarimizga ham ta'sir qiladi. Ertaga, yana çet ellik murabbiy masalasi örtaga taşlanganda, «ana, Kuper ham heç narsa qila olmagandi-ku?» deb faqat nimçorak final natijasi asos sifatida keltirilişini istamayman.

Bu notöğri ölçov. Haydarovni Kuperdan, Qosimovni Skolaridan kuçli ekanini körsatadigan tarozi, menimça, buzuq tarozi...

Qahramon Aslanov