BAAda ötayotgan futbol böyiça Osiyo kubogining nimçorak finalidan örin olgan Avstraliya – Özbekiston öyini (0:0, penaltilar seriyasi böyiça 4:2) yakunlangaç, mikst zonada Özbekiston milliy jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterov Kun.uz muxbirining savollariga javob qaytardi.
— Siz avvalgi intervyularingizda bu siz uçun sönggi Osiyo kubogi ekanligini ta'kidlab ötuvdingiz. Bizni JÇ-2022 saralaş öyinlari kutmoqda. Terma jamoada öynaşda davom etasizmi?
— Yöq… Yoşlar öynaşi kerak. Balkim Toşkentda ötadigan navbatdagi ayrim öyinlarda maydonga tuşarman, şundan söng terma jamoadagi faoliyatimni yakunlayman. Endi yoşlarga özini körsatişlari uçun navbat berişi kerak. Men esa öz oilamga köproq vaqt ajratişga ötaman.
— Bugungi öyin haqida fikringiz qanday?
— Fikrimça, bizga birozgina tajriba yetişmadi. Öyin oldidan Avstraliya munosib qarşilik körsatamiz, ularga aslo oson bölmaydi, deb va'da bergan edim. Öyin ham men aytgandek böldi.
— Futbolçilarimizning körsatgan öyinidan qoniqdingizmi?
— Juda qoniqdim. Barçaga taşakkur bildiraman, yigitlarning hammasidan roziman. Bizni qöllab turgan yaqinlarimga, butun mamlakatimizdan kelib stadionda va televizor qarşisida bizni qöllab-quvvatlab turgan muxlislarga rahmat aytaman.
Eslatib ötamiz, Ignatiy Nesterov milliy terma jamoa safida jami 105 ta öyinda iştirok etib, 112 ta gol ötkazgan.

















